Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namozga kechikib kelgan odam nima qiladi?

Namozga kechikib kelgan odam nima qiladi?

Nashr sanasi: January 8, 2025

Savol :

Ustoz, namozga kechikib, oxirgi rakatda jamoatga qo’shildim. Jamoat Attahiyyot o’qiyotgan ekan. O’shanda men ham faqat Attahiyyot bilan cheklansam, ya’ni salovat aytmasam bo’ladimi? Chunki namozni davom ettirishim kerakku.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Namozga kechikib kelgan kishi, imom nima amal qilayotgan bo’lsa, o’sha amalni bajaradi va nima o’qiyotgan bo’lsa, o’shani o’qiydi. Keyin turib qolgan namozini to’ldirib qo’yadi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Namozga kechikib kelgan kishi, imom nima amal qilayotgan bo’lsa, o’sha amalni bajaradi va nima o’qiyotgan bo’lsa, o’shani o’qiydi. Keyin turib qolgan namozini to’ldirib qo’yadi. Bu yerda namozini davom ettirish emas, balki jamoatga ergashish kerak.

Masalan, sajda vaqtida kelsa, sajda qiladi va sajdada nima deyilsa, o’shani aytadi. Agar Attahiyyotda kelib namozga qo’shilgan bo’lsa, Attahiyyotni va salovatni o’qiydi, keyin imom salom berganidan keyin o’rnidan turib qolgan namozini o’qib tugatadi.

Masalan, oxirgi rakatga kelib qo’shilsa, imom bir rakatdan keyin o’tiradi. Chunki imom uchun bu oxirgi rakat. Ammo kechikib kelgan odam uchun bu birinchi rakat bo’ladi. Aslida birinchi rakatdan keyin o’tirish joiz emas, lekin imomga ergashgani uchun o’tiradi. Imom salom berganidan keyin turib, qolgan bir rakatni o’qib, keyin o’tiradi va namozini tugatadi.

Ulamolar shunday deganlar: “Mustaqil ravishda joiz bo’lmagan amal, tobe ravishda joiz bo’lishi mumkin.” Ya’ni, odam o’zi alohida namoz o’qiyotganida bir rakatdan keyin o’tirib Attahiyyot o’qishi joiz emas. Agar bilib turib shunday qilsa, namozi botil bo’ladi. Ammo imomga ergashib kechikib kelganligi sababli, imom uchun oxirgi, o’zi uchun birinchi rakat bo’lgan holatda, imomga ergashib o’tirsa va kerakli duolarni o’qisa, keyin imom salom berganidan so’ng qolgan namozini to’ldirib qo’ysa, namozi maqbul hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Zam suralarni xato o‘qiydigan odam oilada imomlikka o‘tishi mumkinmi?

    January 6, 2025
  • Fotiha surasini tushunmay namoz o‘qish.

    January 6, 2025
  • Tahorat qilayotganda oyoqlarni to‘piqdan yuqori qismini yuvish

    January 6, 2025
  • Basmalaning («Bismillahir Rohmanir Rohiym») hukmi

    January 1, 2025
  • Basmalaning yani Bismillahir Rohmanir Rohiymni o‘rni.

    January 1, 2025
  • To’shak ustida turib namoz o’qisa bo’ladimi?

    December 31, 2024