Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Janoza namozida sano aytishning hukmi

Janoza namozida sano aytishning hukmi

Nashr sanasi: December 31, 2024

Savol :

Janoza namozida sano aytiladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bu masala ixtilofli bo‘lgani uchun kimning nazarida qaysi so‘z kuchliroq bo‘lsa, o‘shanga amal qiladi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Bu ham ixtilofli masalalardan. Aksar ulamolarning so‘ziga binoan janoza namozida sano aytilmaydi, takbirdan keyin Fotiha o‘qiladi.

Hanafiy mazhabi ulamolari esa takbirdan keyin Fotiha emas, balki sano o‘qiladi, deyishadi.

Jumhur ulamolar o‘z so‘zlarini quyidagicha izohlashadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning janoza namozida sano aytganlari vorid bo‘lmagan. Ikkinchidan, janoza namozi yengillikka qurilgan namoz bo‘lgani uchun sanosiz yengil o‘qiladi. Lekin “Fotihasiz namoz namoz emas” degan hadislarga muvofiq, janoza namozida ham Fotiha o‘qiladi.

Bu masala ixtilofli bo‘lgani uchun kimning nazarida qaysi so‘z kuchliroq bo‘lsa, o‘shanga amal qiladi. Nizo va ixtilof chiqarishga aslo hojat yo‘q.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025