Nima uchun Islom zamonaviy mamlakatlarda muvaffaqiyat qozonishda davom etmoqda?
Islom dini dunyo bo‘ylab rivojlanishda davom etmoqda.
Savol :
Javobning qisqacha mazmuni: Islom dini rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda muvaffaqiyat qozonishda davom etmoqda.
Bismillah,
Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.
Islom dini rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham muvaffaqiyat qozonishda davom etmoqda. Chunki uning da’vati insoniyatning fitratiga muvofiq bo‘lib, bag‘rikenglik, muhabbat, rahm-shafqat, rostgo‘ylik va ixlos kabi eng yaxshi insoniy qadriyatlarni targ‘ib qiladi.
Islom dini insonlarni tarbiyalaydi, ularni solih xulq-atvorga, go‘zal xulq va ezgulikka yetaklaydi. Uning da’vati boshqa dinlardan muvozanat va mo’tadilligi bilan ajralib turadi. Islom inson ruhiga ham, tanasiga ham munosib e’tibor beradi.
Insonlar Islom dinini Islomdan omonat, tasalli va xotirjamlik topgani uchun qabul qiladilar. Islomda insonlar o‘z dardlariga davoni ko‘radilar va Islom orqali o‘zlarining sarosimalari, xavotirlari va mag’lubiyat tuyg‘ularidan qutula oladilar.
Shuning uchun ham aqli sog‘lom insonlar Islomni qabul qiladilar.
Abu Hurayra (r.a.) aytganlaridek: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat)da tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy, nasroniy yoki majusiy qiladi.” (Buxoriy rivoyati, 1359).
Demak, Alloh taolo insoniyatni haqiqatni o‘rganish, tavhidni (sof tavhid) qabul qilish va Allohga bo‘ysunish salohiyatiga ega qilib yaratgan. Ularning fitratlaridagi narsa bu – Islom dinini o‘rganish va uni yaxshi ko‘rishdir, lekin yomon ta’lim-tarbiya, kofirona muhit, o‘zlarining nafslari va shayton vasvasalari ularni haqiqatdan uzoqlashtiradi. Insoniyat asosan tavhidga (sof tavhidga) moyildir, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda Alloh azza va jalla:
“Men barcha bandalarimni hanif, ya’ni to‘g‘ri yo‘lda qilib yaratdim, lekin shaytonlar ularni dinlaridan qaytardilar” dedilar. (Muslim rivoyati).
Shuning uchun ham kofir Islomni qabul qilsa, Islomga qaytgan deb ta’riflanadi, chunki bu “qabul qildi” degandan ko‘ra to‘g‘riroqdir.
Bundan tashqari, Islom barcha odamlarga, o‘qimishligu o‘qimaganlarga, erkakka va ayolga, qariyu va yoshlar uchun mos ekanligini ko‘ramiz. Islomda har kim o‘zi xohlagan va o‘ziga kerakli narsani topadi.
Rivojlangan mamlakatlarda musulmonlar o‘z davlatining taraqqiyoti va qonun-qoidalari qanday zararlar keltiryapti, shuni tushunib yetmoqdalar. Ular texnologiyalarda taraqqiyotga erishgan bo‘lsalar ham, ko‘plab kashfiyotlar qilgan bo‘lsalar ham, zamonaviy boshqaruv tizimlariga ega bo‘lsalar ham, psixologik kasalliklar yoki o‘z joniga suiqat qilish holatlari ko‘paymoqda. Bunday holatga kelganliklarining sababi shundaki, ular faqat zohiriy omillarga, ya’ni texnika va texnologiyalarga e’tibor berib, botiniy omillarni, ya’ni insonning ruhini, o‘zini tarbiyalashni unutishgan.
Alloh taolo bunday kimsalar haqida:
يَعْلَمُونَ ظَـٰهِرًۭا مِّنَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ عَنِ ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ غَـٰفِلُونَ ٧
“Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan g`ofildirlar.” dedi. (Rum 30:7)
Agar Islom yo‘lida harakat qilayotganlar xolis bo‘lsalar, musulmonlar Islomga amal qilsalar, iymon keltirsalar va shariat qonunlarini tadbiq etsalar, Islom Allohning izni bilan muvaffaqiyatga erishadi.
Vallohu A’lam.
Shayx Munajjid
Maqola foydali bo’ldimi?