Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >“Taraf” nima degani?

“Taraf” nima degani?

Nashr sanasi: July 8, 2026

Savol :

Ustoz, Mo’minun surasi 33-64-oyatlar. Hud surasi 116-oyat, Anbiyo surasi 13-oyatlarda kelgan “taraf” so‘zining ma’nosini tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Mutraf — Alloh taolo ko‘p ne’matlar bergan, farovon hayot kechirayotgan, hashamat va dabdabaga berilib ketgan kishini anglatadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu oyatlarda kelgan so‘z aslida arab tilidagi «مُتْرَفُونَ» (mutrafun) so‘zidir.

Mutraf — Alloh taolo ko‘p ne’matlar bergan, farovon hayot kechirayotgan, hashamat va dabdabaga berilib ketgan kishini anglatadi.

Odatda haqni rad etgan, kibrga berilgan va payg‘ambarlarga qarshi chiqqan kishilar jamiyatning ana shunday boy, obro‘li va hashamat ichida yashaydigan qatlamidan bo‘lgan.

Masalan, Rasululloh ﷺga qarshi chiqqan Quraysh mushriklarining boshliqlari ham jamiyatning boy va nufuzli kishilari edilar.

Xalq tilida bunday kishilarni ba’zan “og‘zi katta odamlar” deb ham aytishadi. Ya’ni mansabi yoki boyligiga tayanib, kibrlanib gapiradigan, o‘zini boshqalardan ustun ko‘radigan kishilar.

Demak, mutraf degani shunchaki boy odam emas. Balki Alloh bergan ne’matlar sabab kibrlanib, dabdaba va maishatga berilib ketgan, haqni rad etadigan kimsadir.

Qisqacha aytganda, mutrafunhashamat va dabdabaga berilib, ne’matlar uni g‘aflat va kibru havoga olib borgan odamlar degan ma’noni anglatadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Zehnim pastligi bois aqidaga oid eshitgan darslarimni eslab qololmayman…

    September 1, 2026
  • Kofirlarga itoat qilish deganda nimani tushunamiz?

    July 14, 2026
  • Qur’onni xatm qilish duosi va muayyan vaqti bormi?

    January 28, 2026
  • Ortgan ovqatni yeb qo‘yish isrofmi?

    December 25, 2025
  • Uxlashdan oldin telefonda Qur’on eshitib yotish hukmi.

    December 18, 2025
  • Qur’onni mustahkamlash uchun ovozimni yozib, o‘zim tinglab, xatolarni tuzatsam bo‘ladimi?

    November 9, 2025