Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bank kartasidan foydalanish sudxo‘rlik emasmi?

Bank kartasidan foydalanish sudxo‘rlik emasmi?

Nashr sanasi: July 8, 2026

Savol :

Hozirda ko‘plab to‘lovlar bank kartalari orqali amalga oshirilmoqda. Hatto jamoat transportlarida ham chiptalar o‘rniga bank kartalari ishlatilmoqda.

Bu kartalarda pullarimiz saqlanib turadi. Shunday qilishimiz bilan sudxo‘rlikka yordam berayotgan bo‘lib qolmayapmizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bank kartasidan foydalanishning o‘zi riboga yordam berish hisoblanmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunda sudxo‘rlikka yordam bergan bo‘lmaysiz. Chunki siz bank kartasidan ribo qilish uchun emas, balki o‘zingizning zarur ehtiyojlaringizni ado etish uchun foydalanayapsiz.

Bugungi kunda ko‘plab xizmatlar bank kartasi orqali ishlaydi. Masalan, ayrim jamoat transportlarida naqd pul qabul qilinmaydi, faqat karta orqali to‘lov qilinadi. Bunday holatda inson zaruratiga ko‘ra kartadan foydalanadi.

Rasululloh ﷺ:

«إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ»

“Amallar niyatlarga bog‘liqdir,” deganlar.

Sizning niyatingiz ribo bilan shug‘ullanish emas. Siz kartaga pul qo‘yib, kerakli xizmatlar uchun to‘lov qilasiz, xolos.

Agar bank ko‘rsatgan xizmati evaziga ma’lum xizmat haqqi olsa, bu xizmat haqi bo‘lib, ribo hisoblanmaydi.

Shuning uchun oddiy bank kartasidan kundalik to‘lovlar uchun foydalanishning o‘zi sudxo‘rlikka yordam berish hisoblanmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026