Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

“Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

Nashr sanasi: August 11, 2026

Savol :

Ustoz, men bir oy avval surunkali bronxit bo‘lib qoldim.

Yo‘talim juda qattiq va to‘xtovsiz bo‘lgani sababli Ramazon oyida deyarli ro‘za tuta olmadim. Qur’on ham o‘qiy olmadim. Keyin Allohga nazr qilib: “Shifo topsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, dedim. Tuzalishim bilan Qur’on o‘qishni boshladim.

Lekin bir-ikki kun yodimdan chiqib, o‘qimay qoldim. Shundan so‘ng kasalim yana xuruj qildi. Hozir yo‘talim yana avjiga chiqdi. Bu holatda nima qilishim kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Nazr qilish hukmi qasam kafforatiga o‘xshaydi. Agar nazringizni bajara olmay qolsangiz, ayniqsa uzrli sabab bo‘lsa, gunohkor bo‘lmaysiz.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Nazr qilish hukmi qasam kafforatiga o‘xshaydi. Agar nazringizni bajara olmay qolsangiz, ayniqsa uzrli sabab bo‘lsa, gunohkor bo‘lmaysiz.

Bunday holatda qasam kafforatini ado etasiz. Kafforat quyidagilardan biridir:

  • bir qulni ozod qilish (hozirgi kunda buning imkoni yo‘q);
  • yoki 10 ta miskinni to‘ydirish;
  • yoki 10 ta miskinni kiyintirish.

Agar bunga imkoningiz bo‘lmasa, uch kun ro‘za tutasiz.

Alloh taolo aytadi:

﴿فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَاثَةِ أَيَّامٍ﴾

Ya’ni, avvalo 10 ta miskinni to‘ydirish yoki kiyintirishga harakat qilinadi. Agar bunga imkon bo‘lmasa, uch kun ro‘za tutiladi.

Alloh sizga shifo bersin. Bundan keyin ham imkoningiz bo‘lsa, Qur’on o‘qishni davom ettiring. O‘zingizga yaxshi amalni nazr qilibsiz. Kuniga bir varaq Qur’on o‘qish og‘ir ish emas. Mo‘min kishi Qur’on bilan yashashi kerak.

Agar ovoz chiqarib o‘qishga qiynalsangiz, ko‘z bilan kuzatib yoki qoridan tinglab ham Qur’on bilan mashg‘ul bo‘lishingiz mumkin. Bir varaq Qur’on o‘qish katta og‘irlik emas. Qur’ondan butunlay yuz o‘girib qo‘yish esa mo‘minga munosib emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Yangi hovlimga suv tortishimga qo‘shnilar rozi bo‘lmayapti…

    August 7, 2026
  • Sakinat nima?

    August 7, 2026
  • Ayol kishi tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanishi joizmi?

    August 7, 2026