Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Tahajjud o‘qish uchun kechasi niyat qilib yotish shartmi?

Tahajjud o‘qish uchun kechasi niyat qilib yotish shartmi?

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Men bir kuni bomdoddan bir soat oldin xo’jayinimni uyg’otdim. “Erta uyg’otibsan”, dedilar. Men: “Tahajjud o’qing”, desam, “Tahajjud uchun kechqurun niyat qilib yotish kerak edi”, dedilar.

Ustoz, tahajjud namozi uchun kechqurun niyat qilib yotish shartmi yoki kechasi uyg’onganda o’qisa ham bo’ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo’q, tahajjud namozi uchun kechqurun alohida niyat qilib yotish shart emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo’q, tahajjud namozi uchun kechqurun alohida niyat qilib yotish shart emas.

Bu noto’g’ri tushuncha. Inson kechasi uyg’onsa, tahorat olib tahajjud namozini o’qishi mumkin. Avvaldan niyat qilib uxlagan bo’ladimi yoki tasodifan uyg’onib qoladimi — buning farqi yo’q.

Kechasi niyat qilish farz ro’zalarda kerak bo’ladi. Masalan, Ramazon yoki boshqa farz ro’zalarga tong otishidan oldin niyat qilinadi. Ammo nafl ro’zalarda ham bu qadar qat’iy shart emas.

Tahajjud namozida esa ish keng. Kim kechasi uyg’onib qolsa, tahorat olib namoz o’qishi mumkin.

Rasululloh ﷺ aytganlar:

“Kim kechasi uyg’onib, tahorat olib namoz o’qisa va Allohga duo qilsa, duosi ijobat qilinadi.”

Demak, tahajjud uchun alohida kechqurun niyat qilib yotish shart emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026