Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Folbinning tavbasi qabul bo‘ladimi?

Folbinning tavbasi qabul bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Ustoz, folbinning tavbasi qabul bo’ladimi?

Agar qabul bo’lsa, kafforati uchun nima qilish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh taolo marhamat qiladi: “Ey o’z jonlariga zulm qilgan bandalarim! Allohning rahmatidan noumid bo’lmanglar. Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag’firat qiladi.”

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, qabul bo’ladi. Alloh taolo tavba eshigini ochiq qoldirgan.

Alloh taolo marhamat qiladi:

۞ قُلْ يَـٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ أَسْرَفُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا۟ مِن رَّحْمَةِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ ٥٣

“Ey o’z jonlariga zulm qilgan bandalarim! Allohning rahmatidan noumid bo’lmanglar. Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag’firat qiladi.”
(Zumar surasi, 53-oyat).

Folbinlik ham, sehr ham, hatto shirk va kufrdan ham inson chin dildan tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qiladi.

Lekin tavba chinakam bo’lishi kerak. Buning uchun tavbaning shartlari bajarilishi lozim:

  • Qilgan gunohiga chin dildan pushaymon bo’lish.
  • Uni darhol tark etish.
  • Hech qachon unga qaytmaslikka qat’iy ahd qilish.
  • Agar odamlarga zulm qilgan bo’lsa, ularning haqlarini qaytarish yoki ulardan rozi bo’lish.

Masalan, folbinligi sababli kimlargadir zarar yetkazgan, aldagan yoki molini olgan bo’lsa, imkon qadar ularning haqqini ado etsin va uzr so’rasin.

Shundan so’ng yaxshiliklarni ko’paytirsin. Alloh taolo:

 ۚ إِنَّ ٱلْحَسَنَـٰتِ يُذْهِبْنَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ 

“Albatta, yaxshi amallar yomon amallarni ketkazadi.”
(Hud surasi, 114-oyat).

Shuning uchun tavba qilgan inson ibodat, sadaqa va boshqa solih amallarni ko’paytirsa, Alloh taolo uning gunohlarini mag’firat qiladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026