Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erimdan beruxsat ishlab, onamni ta’minlasam bo‘ladimi?

Erimdan beruxsat ishlab, onamni ta’minlasam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Ustoz, onamning o’g’il farzandi yo’q, faqat uchta qizmiz.

Onam musofirlikda turli qiyinchiliklarni boshidan kechirib, biz qizlarini voyaga yetkazdi. Men va bir singlim turmushga chiqqanmiz. O’gay otam ishlamaydi yoki ishlasa ham onamni ta’minlamaydi. Men esa chet davlatda erim va farzandim bilan yashayman.

Onamni ta’minlash uchun ishlamoqchi bo’lib, erimdan ruxsat so’rasam, rozi bo’lmayapti. Onam boshqa qizlariga qaraganda meni ko’proq moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab o’qitgan. Shu sababli, onam keksayganida uni boqish mening vazifam deb o’ylayman.

Ustoz, bunday vaziyatda qanday yo’l tutishim kerak? Erimga itoat qilmay ishlab, topgan pulimni onamga bersam bo’ladimi? Haftada bir kun ishlasam, topgan pulim bilan onamni bir oy ta’minlay olaman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar onangizning eri bo’lsa, aslida uni ta’minlash birinchi navbatda erining vazifasidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar onangizning eri bo’lsa, aslida uni ta’minlash birinchi navbatda erining vazifasidir.

Agar u bu vazifani bajarmayotgan bo’lsa va onangiz haqiqatan ham muhtoj bo’lib, yordam bo’lmasa og’ir ahvolga tushib qoladigan bo’lsa, bu boshqa masala. Bunday holatda eringizga vaziyatni yaxshilab tushuntiring.

Agar eringiz sizning ishlashingizga rozi bo’lmasa, undan onangizga o’zi yordam berishini so’rang. Sizni hurmat qilgani uchun onangizga oz bo’lsa ham yordam berishi yaxshi ish bo’ladi.

Lekin eringizning roziligisiz ishlash ham to’g’ri yo’l emas. Chunki ayol turmushga chiqqanidan keyin erining haqlariga ham rioya qilishi lozim.

Shu bilan birga, onani ham nochor holatda tashlab qo’yish to’g’ri emas. Agar uning zarur ehtiyojlari qondirilmayotgan bo’lsa, bu masalani eringiz bilan o’zaro kelishuv orqali hal qilishga harakat qiling.

Savoldan tushunilishicha, onangizning xarajatlari unchalik katta emas. Haftada bir kun ishlab topadigan daromad yetarli bo’lar ekan. Shuning uchun bu masalani eringiz bilan kelishib, ikki tomonni ham rozi qiladigan yechim topish maqsadga muvofiqdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026