Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >O‘zbekistondagi nikoh o‘qish tartibi

O‘zbekistondagi nikoh o‘qish tartibi

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

O‘zbekistondagi nikoh o‘qish tartibi to‘g‘rimi? To‘y kuni imom kelin-kuyovning oldida, kelin yanga va kuyov jo‘ra bilan nikoh o‘qiydi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

O‘zbekistonda odatda amal qilinadigan nikoh o‘qish tartibi Hanafiy mazhabi bo‘yicha to‘g‘ri hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu — Hanafiy mazhabi bo‘yicha to‘g‘ri hisoblanadi. Imom kelinning roziligini o‘z og‘zidan oladi, kuyovdan ham rozilik olinadi va bu holatda guvohlar eshitib turadi. Hanafiy mazhabga ko‘ra nikohning bu tarzda o‘qilishi sahih sanaladi. Bizning diyorimiz hanafiy diyoridir — ota-bobolarimizdan shu uslubda davom etib kelmoqda.

Bu nikoh noto‘g‘ri bo‘ldi, deb aytgan odam xato qiladi.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

    August 13, 2026
  • Ikkinchi ayolga uylanayotgan kishi birinchi ayolini sir tutsa bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    June 18, 2026
  • Erta uylanish afzalmi, kech uylanishmi?

    May 5, 2026