Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

Nashr sanasi: June 18, 2026

Savol :

Bir tanishim turmushga chiqqan, bitta farzandi ham bor. Eri to‘ydan oldin ikki nafar o‘rtog‘i bilan qaynotasining oldiga borib:

“Qizingizni menga berishga roziman, deb aytsangiz, to‘y harakatlarini boshlayman. Shariatda shunday bo‘ladi”, degan.

Lekin u paytda: “Hozir nikoh bog‘lanadi” deb aytilmagan. Qizning otasi ikki guvoh oldida: “Qizimni berdim” degan, kuyov esa: “Qabul qildim” degan.

Qizning otasi dinni yaxshi bilmaydigan odam bo‘lgan. U bu gapni nikoh tuzilyapti degan ma’noda emas, balki: “Qizimni berishga roziman, so‘zimda turaman”, degan ma’noda aytgan. Nikohni keyin domla o‘qib beradi, deb o‘ylagan. Chunki uning tushunchasida nikohni faqat domla o‘qiydi.

Shu holatda nikoh bog‘langanmi yoki nikohni qaytadan o‘qitish kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida bunday holatda nikoh bog‘lanishi mumkin. Lekin masala aytilgan so‘zlarning ma’nosi va niyatiga bog‘liq.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida bunday holatda nikoh bog‘lanishi mumkin. Lekin masala aytilgan so‘zlarning ma’nosi va niyatiga bog‘liq.

Arab tilida xabar va insho degan tushunchalar bor.

Masalan, sovchilik paytida:

“Bo‘ldi, qizimiz sizlarniki”, deyiladi. Qarshi taraf ham: “Qabul qildik”, deydi. Bu gaplar bilan nikoh bog‘lanib qolmaydi. Chunki bu yerda gap va’da va kelajak haqidagi xabar ma’nosida bo‘ladi.

Ya’ni: “Kelajakda qizimizni sizlarga beramiz”, degan ma’no tushuniladi.

Nikoh esa odatda insho, ya’ni ayni paytda nikohni vujudga keltiruvchi lafzlar bilan bo‘ladi. Masalan:

“Qizimni senga nikohladim” yoki “Qizimni berdim” deganda hozirning o‘zida nikohni tuzish ma’nosi nazarda tutiladi. Qarshi taraf: “Qabul qildim” desa, nikoh bog‘lanadi.

Shuning uchun, agar qizning otasi:

“Men faqat roziligimni bildirdim, kelajakda nikoh qilishga roziman degan ma’noda aytdim”, deb tushungan bo‘lsa va asl niyati ham shu bo‘lgan bo‘lsa, unda masala niyatga qarab baholanadi.

Bunday holatda qalbda shubha qolmasligi uchun nikohni qaytadan o‘qib qo‘yish yaxshi bo‘ladi. Bu qiyin ish emas. Nikohni yangidan, barcha shartlariga rioya qilgan holda o‘qib qo‘yilsa, shubha ham ketadi, ko‘ngil ham xotirjam bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Erta uylanish afzalmi, kech uylanishmi?

    May 5, 2026
  • Nikohda qaynotamning emas, qanonamning otasining ismi aytilgan…

    April 23, 2026
  • Eri mahr bermagan ayol mahrdan kechib yuborishi afzalmi, yoki talab qilishimi?

    April 21, 2026
  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026