Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

Nashr sanasi: August 13, 2026

Savol :

Men turmush qurish yoshidaman, lekin aqidasi sof, tavhid ahlidan bo‘lgan, Rabbisini rozi qiladigan insonga turmushga chiqishni xohlayman. Lekin otam va uyimdagilar aqidasi noto‘g‘ri, dunyoviy insonga berishmoqchi. Shunday holatda nima qilay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Baxtni beradigan Zot — Allohdir. Sizga solih turmush o‘rtog‘ini nasib qilishi Allohning qo‘lidadir.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Birinchi o‘rinda Allohdan so‘rang. Baxtni beradigan Zot — Allohdir. Sizga solih turmush o‘rtog‘ini nasib qilishi Allohning qo‘lidadir. Shuning uchun eng avvalo duo qiling. Duo ijobat bo‘ladigan vaqtlarda, tahajjudda va boshqa fazilatli paytlarda Allohdan so‘rang.

Ikkinchidan, sabablarni ushlang. Balog‘at yoshiga yetgan, aqli raso inson o‘z hayoti uchun harakat qiladi. Siz ham qo‘lingizdan kelgan sabablarni qiling. Alloh taolo o‘zi yo‘l ko‘rsatadi.

Rasululloh ﷺ aytganlar:

«إِنْ تَصْدُقِ اللَّهَ يَصْدُقْكَ»

“Agar sen Alloh uchun sodiq bo‘lsang, Alloh ham senga O‘z va’dasini ro‘yobga chiqaradi.”

Agar inson Alloh uchun chin dildan sodiq bo‘lsa, Alloh taolo unga tavfiq beradi va yo‘lini ochadi.

Shuning uchun yaxshilikni mahkam tuting, yaxshi amallarni ko‘paytiring, Allohdan umidingizni uzmang va sabablarni qiling. Inshaalloh, Alloh taolo sizga eng yaxshi yo‘lni ko‘rsatadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikkinchi ayolga uylanayotgan kishi birinchi ayolini sir tutsa bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    June 18, 2026
  • Erta uylanish afzalmi, kech uylanishmi?

    May 5, 2026
  • Nikohda qaynotamning emas, qanonamning otasining ismi aytilgan…

    April 23, 2026