Share on FacebookShare on WhatsappShare on TelegramCopy LinkLink is Copied!
Savol :
Qozoqlarda qiz olib qochish urf-odati bor.
Shu yo’l bilan qilingan nikoh sahih bo’ladimi?
Javob :
O’xshash savol-javoblar
Agar biror urf-odat shariatga zid bo’lsa, u e’tiborga olinmaydi.
Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin
Agar biror urf-odat shariatga zid bo’lsa, u e’tiborga olinmaydi.
Qiz olib qochish odati ham, agar qizning va uning valiyining roziligisiz amalga oshirilsa, bu shariatga xilof ish hisoblanadi.
Ba’zi urf-odatlar bor-ki, ular Islom hukmlariga zid. Masalan, to’ylarda kelin-kuyovning nomahramlar oldida turishi, turli harom o’yin-kulgilar, musiqa va boshqa shariatga zid ishlarga odat tusini bergan bo’lishlari mumkin. Lekin odat bo’lgani bilan ular joiz bo’lib qolmaydi.
Xuddi shuningdek, qiz olib qochish ham yaxshi odat emas. Inson o’z molini o’g’irlatishga rozi bo’lmaganidek, qizini ham uning roziligisiz yoki valiysining roziligisiz olib ketilishiga rozi bo’lmaydi. Bu juda yomon va tuzatilishi kerak bo’lgan odatlardan biridir.
Bu borada o’sha yurtning ulamolari va tolibi ilmlari odamlarga shariat hukmini tushuntirib, bunday noto’g’ri odatlarni yo’qotishga harakat qilishlari lozim.
Nikohning sahih yoki botil bo’lishiga kelsak, bunda tafsilot bor.
Agar qiz olib qochish faqat urf-odatdagi ramziy ko’rinish bo’lsa, ya’ni aslida ota-onalar rozi, barcha masala kelishilgan, faqat odat yuzasidan “olib qochish” ko’rinishi qilinsa, keyin valiyning roziligi bilan nikoh o’qilsa, bunday nikoh sahih bo’ladi.
Ammo qizni haqiqatan ham valiysining roziligisiz olib qochib, ota-onasidan yashirincha nikoh o’qilsa, bunday nikoh sahih bo’lmaydi, balki botil bo’ladi.