Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ahli kitob qizga uylansam, u hijobda yurishi kerakmi?

Ahli kitob qizga uylansam, u hijobda yurishi kerakmi?

Nashr sanasi: July 21, 2026

Savol :

Men ahli kitob bo’lgan ayolga uylansam, u hijobda yurishi kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida ahli kitob ayollari ham o’z dinlarining ta’limotiga ko’ra hayo va hijobga rioya qilishlari lozim.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Aslida ahli kitob ayollari ham o’z dinlarining ta’limotiga ko’ra hayo va hijobga rioya qilishlari lozim. To’g’ri, ularning hijobi musulmon ayollarning hijobiga aynan o’xshamasligi mumkin, ammo aslida ular ham iffat va hayo bilan kiyinishga buyurilgan.

Ahli kitob ayolga uylanishning shartlaridan biri uning muhsana, ya’ni iffatli va pokiza ayol bo’lishidir. Shuningdek, u o’zini ahli kitob ekanini e’tirof etadigan ayol bo’lishi kerak.

Albatta, agar u o’z dinining ko’rsatmalariga amal qilib, hayo va hijobni saqlasa, bu yanada yaxshi bo’ladi.

Agar hijobga amal qilmasa, bu uning gunohi bo’ladi. Xuddi musulmon ayol hijobga amal qilmasa, nikohi buzilib qolmaganidek, ahli kitob ayolning ham hijobsiz yurishi nikohni botil qilmaydi.

Masalan, hijob o’ramaydigan musulmon ayolga uylangan kishining nikohi sahih bo’lganidek, bu holatda ham nikoh o’z kuchida qoladi. Hijobga amal qilmasligi uning dinidagi kamchiligi bo’ladi, ammo nikohning sahihligiga ta’sir qilmaydi.

Shunga qaramay, ayolning hijobda yurishi va iffatini saqlashi juda katta fazilatdir. Bu uni begona erkaklarning yomon nazaridan asraydi va hayo hamda poklikni namoyon qiladi.

Haqiqatan ham, o’z diniga amal qiladigan ayrim ahli kitob ayollarining kiyinish uslubi bugungi kunda o’zini hijobli deb hisoblaydigan ba’zi ayollarnikidan ham iffatliroq bo’lishi mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026