Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

Nashr sanasi: August 14, 2025

Savol :

Ustoz, biz tomonlarda nikohlanishda qizning tog‘asi “vakil ota” qilinadi, vaholanki qizning otasi bor. Shu ish to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ish Hanafiy mazhabiga ko‘ra to‘g‘ri. Chunki o‘sha “vakil ota” otaning vakili bo‘lib, otaning ruxsatini olib keladi. “Bo‘ldi, nikoh o‘qiyverishingiz mumkin”, degan xabarni yetkazgan bo’ladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala rasulillah va ba’d. Bu ish Hanafiy mazhabiga ko‘ra to‘g‘ri. Chunki o‘sha “vakil ota” otaning vakili bo‘lib, otaning ruxsatini olib keladi. Ota ruxsat berganini bildiradi, ya’ni “nikohga ruxsat bo‘ldi” degan ma’noda kelib: “Bo‘ldi, nikoh o‘qiyverishingiz mumkin”, degan xabarni yetkazadi.

Keyin kelin-kuyovni o‘rtaga qo‘yib, imom nikoh o‘qiydi, ikkisining roziligini oladi, ijob qiladi va qabul qiladi. Bu Hanafiy mazhabiga ko‘ra to‘g‘ri. Bunda hech qanday muammo yo‘q. Faqat u vakil ota ota tomonidan berilgan vakolatni yetkazadi, ya’ni “nikoh o‘qishga ruxsat berildi” degan ma’nodagi xabarni olib keladi.

Bu yerda aslida masala shundaki: valiy qatnashishi shartmi yoki ayolning o‘zi “roziman” deb nikoh qilaverishi mumkinmi? Mana shu masalada ixtilof bor. Hanafiy mazhabi ulamolarining fikricha, agar ayol balog‘atga yetgan bo‘lsa va tasarrufni yaxshi qiladigan, aqlli, hushyor bo‘lsa, o‘zi nikoh qilaveradi.

Bu eski xilof masalalardan biri. Bu haqida ko‘p javoblarimizda aytganmiz. Xulosa qilib aytganda, Hanafiy mazhabiga ko‘ra bu ish to‘g‘ri bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

    August 13, 2026
  • Ikkinchi ayolga uylanayotgan kishi birinchi ayolini sir tutsa bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    June 18, 2026
  • Erta uylanish afzalmi, kech uylanishmi?

    May 5, 2026