Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Istixora namoziga oid savol.

Istixora namoziga oid savol.

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Ustoz, istixora namozini qaysi paytda o’qigan afzal? Istixora duosi qachon aytiladi: sajdada, salom berishdan oldinmi yoki salom bergandan keyinmi?

Shuningdek, duo qilayotganda o’z hojatini arab tilini bilmagani uchun o’zbek tilida aytsa bo’ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Istixora namozini kecha-kunduzning istalgan vaqtida o’qish mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Istixora namozini kecha-kunduzning istalgan vaqtida o’qish mumkin. Kunduzi ham, kechasi ham o’qisa bo’ladi.

Agar namoz o’qish man qilingan vaqtga to’g’ri kelib qolsa, masalan quyosh chiqayotgan, botayotgan yoki qoq tepaga kelgan payt bo’lsa, lekin masala shoshilinch bo’lib, tez qaror chiqarish zarurati tug’ilsa, u holda ham istixora o’qish joiz. Chunki istixora sababli o’qiladigan namoz hisoblanadi.

Masalan, asrdan keyin bir ish yuzasidan zudlik bilan qaror berish kerak bo’lsa, shomni kutishga imkon bo’lmasa, istixora o’qishi mumkin.

Istixora ikki rakat nafl namozdir. Inson ichida Allohdan yaxshilik so’rash niyatini qilib, ikki rakat namoz o’qiydi.

Namozdan keyin istixora duosi qachon o’qiladi?

Bu borada Rasululloh ﷺ:

“Kim bir ishni qilmoqchi bo’lsa, farzdan boshqa ikki rakat namoz o’qisin, so’ngra mana shu duoni aytsin…” deb marhamat qilganlar.

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ، وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ الْعَظِيمِ، فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ، وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ، وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ.

اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ (bu yerda o’z hojatingizni aytasiz) خَيْرٌ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي ـ أَوْ قَالَ: عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ ـ فَاقْدُرْهُ لِي، وَيَسِّرْهُ لِي، ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ.

وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الْأَمْرَ (bu yerda o’z hojatingizni aytasiz) شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي ـ أَوْ قَالَ: عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ ـ فَاصْرِفْهُ عَنِّي، وَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِيَ الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ، ثُمَّ أَرْضِنِي بِهِ.

Ey Alloh! Ilming bilan Sendan yaxshilikni tanlashingni so’rayman. Qudrating bilan Sendan quvvat tilayman. Buyuk fazlingdan Sendan so’rayman. Albatta, Sen qodirsan, men esa qodir emasman. Sen bilursan, men bilmayman. Sen g’ayblarni mukammal biluvchisan.

Ey Alloh! Agar Sen bu ishni (bu yerda hojatingizni ayting) dinim, dunyom va ishimning oqibati uchun — yoki: hozirgi va keyingi hayotim uchun — yaxshi deb bilsang, uni menga taqdir qil, oson qil va unda menga baraka ato et.

Agar Sen bu ishni (bu yerda hojatingizni ayting) dinim, dunyom va ishimning oqibati uchun — yoki: hozirgi va keyingi hayotim uchun — yomon deb bilsang, uni mendan uzoqlashtir, meni ham undan uzoqlashtir. Qaerda yaxshilik bo’lsa, o’shani menga taqdir qil va meni unga rozi qil.

Bu hadisdan ikki xil tushuncha olinadi. Duoni:

  • attahiyyot va salovotdan keyin, salom berishdan oldin ham aytish mumkin;
  • yoki salom bergandan keyin ham aytish mumkin.

Har ikkisi ham joiz.

Agar istixora duosini arab tilida o’qiy olmasa yoki ma’nosini bilmasa, o’zbek tilida ham Allohdan yaxshilikni so’rab duo qilishi mumkin. Albatta, imkon qadar Rasululloh ﷺ o’rgatgan istixora duosini arab tilida yod olib o’qishga harakat qilgani afzal.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026