Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kepkalarga islomiy so‘zlar yopishtirib sotish hukmi.

Kepkalarga islomiy so‘zlar yopishtirib sotish hukmi.

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Ustoz, biz kepkalarga “Sabr”, “La ilaha illalloh”, “Rijal”, “Muslim” va shunga o’xshash yozuvlarni tushirib sotamiz.

Shu ishimiz joizmi? Ba’zilar: “Bu joiz emas, kofirlarning e’tiborini tortadi”, deyishmoqda. Yana boshqalar esa: “Bu shuhrat libosiga aylanib qoladi”, deyishyapti.

Ustoz, axir odamlar Nike, Adidas, Gucci va shunga o’xshash kofirlarning brend kiyimlarini ham kiyishyapti-ku. Maslahat bering, bu ishimiz joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida bu ish shar’an joiz. Buni man qiladigan aniq dalil yo’q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida bu ish shar’an joiz. Buni man qiladigan aniq dalil yo’q.

Lekin inson foyda va zararni ham hisobga olishi kerak. Agar bunday yozuvlar odamning o’ziga ortiqcha e’tibor jalb qilsa yoki unga zarar yetishiga sabab bo’lsa, undan tiyilgan ma’qul.

Masalan, shunday kepkani kiyib yurganingiz uchun yo’lda sizni to’xtatishlari, tekshirishlari yoki siz bilan birga bo’lgan boshqa odamlar ham siz sababli noqulay vaziyatga tushib qolishlari mumkin. Bunday hollarda foyda va zarar taroziga solinadi.

Sahobalar bunday yozuvlarni kiyimlariga yozib yurmaganlar. Asosiy maqsad “La ilaha illalloh”, sabr va shunga o’xshash ulug’ ma’nolarni kiyimda emas, qalbimizda, tilimizda va amallarimizda namoyon qilishdir.

Masalan, bosh kiyimga “La ilaha illalloh” yoki boshqa diniy shiorlarni yozib olib, keyin shu sababli o’zingiz yoki yoningizdagilar zarar ko’radigan bo’lsa, bu o’zingizga o’zingiz muammo orttirib olish bo’ladi.

Musulmon kishi har bir ishda foyda va zararni o’lchaydi. Zarardan saqlanish esa shariatning muhim maqsadlaridan biridir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026