Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ajrashgan eri bolalarini ta’minlamaydigan ayolning savoli.

Ajrashgan eri bolalarini ta’minlamaydigan ayolning savoli.

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Biz shar’iy nikoh bilan turmush qurganmiz. Bir o’g’il va bir qiz farzandimiz bor. Hozirda ajrashganmiz. To’rt oydan beri onamnikida yashayapman. Shu vaqt ichida bolalarning ta’minoti uchun otasi atigi 550 000 so’m pul berdi.

Alimentga ariza beray desam, bolalar o’zimning qaramog’imda. Otasining topish-tutishi yaxshi, oyiga 1000–1500 dollar atrofida daromad qiladi. Bolalarning ta’minotini har oy berishini talab qilaymi yoki indamay qo’ya qolaymi?

Axir bolalarning ta’minoti uchun pul ajratishi kerak-ku. Ustoz, nasihat qiling, nima qilishni bilmay qoldim. O’zi bilib bolalarining ta’minotini qilmayapti. To’rt oyda bergan 550 000 so’mni nimaga ham yetkazaman?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar otaning moddiy imkoniyati bo’lsa, albatta bolalarning nafaqasini talab qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar otaning moddiy imkoniyati bo’lsa, albatta bolalarning nafaqasini talab qiling.

Bu sizning emas, farzandlarning haqqidir. Ota xotinini taloq qilgan bo’lishi mumkin, ammo bu bilan farzandlari oldidagi mas’uliyati tugamaydi.

Bolalarning nafaqasi otaning zimmasida bo’ladi. O’g’il bola balog’atga yetib, o’zini o’zi ta’minlay oladigan darajaga kelgunicha, qiz bola esa turmushga chiqqunicha otaning ta’minotida bo’ladi.

Yeyishi, ichishi, kiyim-kechagi, davolanishi, ta’limi va zarur ehtiyojlari — bularning barchasini imkoniga qarab ota ta’minlashi shart.

Shuning uchun bu masalada haqqingizni emas, farzandlaringizning haqqini talab qilayotganingizni unutmang. Uni talab qilib olishingiz mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026