Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Homila tushish xavfi bo‘lsa, namozni o‘tirgan holda o‘qish joizmi?

Homila tushish xavfi bo‘lsa, namozni o‘tirgan holda o‘qish joizmi?

Nashr sanasi: July 1, 2026

Savol :

Ustoz, uch oylik homilam bor. Homilaning tushish xavfi bo‘lgani sababli tez-tez qon ketishi kuzatilmoqda.

Shu sababli ehtiyot yuzasidan namozlarimni o‘tirib o‘qisam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar namozni tik turib o‘qishingiz sog‘lig‘ingizga yoki homilangizga zarar yetkazishi mumkin, degan kuchli gumoningiz bo‘lsa, o‘tirib namoz o‘qishingizga ruxsat bor.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar namozni tik turib o‘qishingiz sog‘lig‘ingizga yoki homilangizga zarar yetkazishi mumkin, degan kuchli gumoningiz bo‘lsa, o‘tirib namoz o‘qishingizga ruxsat bor.

Bu degani, albatta zarar bo‘ladi, degani emas. Balki shifokor tavsiyasi yoki o‘zingizdagi holatga qarab: “Agar tik tursam, qon ketishi kuchayishi yoki homilamga zarar yetishi mumkin,” degan asosli xavotir bo‘lsa, shariat bunday holatda yengillik beradi.

Chunki shariat qiyinchilikni emas, yengillikni istaydi.

Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«صَلِّ قَائِمًا، فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَقَاعِدًا، فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَعَلَى جَنْبٍ»

“Namozni tik turib o‘qi. Agar bunga qodir bo‘lmasang, o‘tirib o‘qi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasang, yonboshlab o‘qi.”

(Sahih al-Bukhari)

Shuning uchun bunday holatda o‘tirib namoz o‘qishingiz joiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026