Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Amaliyot bo‘lgan kishi namozlarni jamlasa bo‘ladimi?

Amaliyot bo‘lgan kishi namozlarni jamlasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 1, 2026

Savol :

Ustoz, bir ma’ruzalaringizda safarda yoki kasallik holatida namozlarni jamlab o‘qish mumkin, degan edingiz.

Men kecha operatsiya bo‘ldim. Shunday holatda namozlarni jamlab o‘qisam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, agar operatsiyadan keyingi holatingiz uzrli holat bo‘lsa va har bir namozni o‘z vaqtida o‘qish sizga qiyinchilik tug‘dirsa, namozlarni jamlab o‘qishingiz mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, agar operatsiyadan keyingi holatingiz uzrli holat bo‘lsa va har bir namozni o‘z vaqtida o‘qish sizga qiyinchilik tug‘dirsa, namozlarni jamlab o‘qishingiz mumkin.

Bu shariat bergan yengilliklardan biridir. Chunki safar, kuchli yomg‘ir va kasallik kabi uzrli holatlarda shariat namozlarni jamlashga ruxsat bergan.

Masalan, operatsiyadan keyin og‘riq kuchli bo‘lsa, o‘rningizdan turish qiyin bo‘lsa yoki har safar tahorat qilib namoz o‘qish sizga ortiqcha mashaqqat tug‘dirsa, peshin bilan asrni yoki shom bilan xuftonni jamlab o‘qishingiz joiz bo‘ladi.

Lekin shuni unutmaslik kerakki, jamlash bilan qasr qilish bir narsa emas.

Ba’zi kishilar: “Agar namoz jamlansa, qasr ham o‘qiladi,” deb o‘ylaydilar. Bu to‘g‘ri emas.

Qasr faqat musofir kishi uchun joiz. Agar musofir bo‘lmasangiz, namozlarni to‘liq o‘qiysiz, faqat uzr sababli jamlab o‘qishingiz mumkin.

Bunga Sahih Muslimda rivoyat qilingan hadis dalildir. Abdullah ibn Abbas roziyallohu anhumo rivoyat qiladilarki, Rasululloh ﷺ Madinada — safarda ham emas, kuchli qo‘rquv yoki yomg‘ir ham bo‘lmagan holatda — namozlarni jamlab o‘qidilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo buning sababini so‘ralganda:

“U zot ummatlarini qiyinchilikka qo‘ymaslikni xohladilar,”

deb javob berganlar.

Shuning uchun kasallik, operatsiya yoki shunga o‘xshash uzrli holatlarda namozlarni jamlab o‘qishga ruxsat bor.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026