Ustoz, biz yaqinda onam bilan yangi hovliga ko‘chib o‘tdik. Hovli qurilishi 2016-yilda boshlangan, 2023-yilda bitdi. Hovliga suv o‘tkazmoqchi edik. Bizdan oldin ko‘chib kelgan ba’zi qo‘shnilar bunga qarshilik qilishmoqda.
Sababi, ular pul yig‘ganida men bu yerda yo‘q edim. Men suv tortsam, ularga suv bormay qolar emish. Ulardan ikki-uch marta ruxsat berishlarini so‘radim, lekin ko‘nishmadi. Har bir xonadondan boshida 300 ming so‘mdan pul yig‘ishgan ekan. Men esa 1 million so‘m berishga ham roziman, lekin foydasi bo‘lmayapti.
Qatorimizda 10–12 ta xonadon bo‘lsa, faqat bizning uyga suv o‘tkazilmagan. Shahar suv ta’minotiga ham borib ko‘rdim. Ular: “Agar qo‘shnilaringiz rozi bo‘lmasa, biz hech narsa qilib bera olmaymiz”, deyishyapti.
Shuncha urinishlardan keyin ularga bildirmasdan quvur tortib olsam, to‘g‘ri bo‘ladimi?