Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

Nashr sanasi: September 2, 2026

Savol :

Ustoz, telefonni nasiya savdosi bilan shug‘ullanamiz. Mijoz bizdan kattaroq hajmda telefonlarni nasiyaga olib, to‘lash muddati kelganda biror sabab bilan to‘lay olmasa, yana nasiyaga telefon so‘raydi-da: “Shuni sotib, qarzimni yopaman”, deydi.

Biz ularni bunga majburlamaymiz, yana nasiyaga olgan telefonlarini sotib: “Qarzingni to‘laysan”, deb ham majburiyat yuklamaymiz. Ular yana nasiyaga telefon olib, u telefonlarni sotib, qarzlarini bizga berishadi. Shu ishimiz joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shar’an, agar shunday qilayotgan bo‘lsa, buning mone’ligi yo‘q. Chunki sizdan olyapti, boshqalarga sotyapti va pulini sizga beryapti. Agar sizning o‘zingizga qayta sotsa, bo‘lmaydi. Bu bay’ul-‘iyna bo‘lib qoladi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Shar’an, agar shunday qilayotgan bo‘lsa, buning mone’ligi yo‘q. Chunki sizdan olyapti, boshqalarga sotyapti va pulini sizga beryapti. Agar sizning o‘zingizga qayta sotsa, bo‘lmaydi. Bu bay’ul-‘iyna bo‘lib qoladi. Sizdan olib, boshqalarga sotib, pulini sizga berayotgan bo‘lsa, buning, Vallohu a’lam, zarari yo‘q.

Lekin tijoriy tomondan, foyda-zarar tomonidan qaraganda, bu odamning o‘zi bankrot bo‘lgan odam, deyiladi. Hozir sizning narsangizni olib, ko‘zingizning oldida boshqaga sotib, sizga pulini beryapti. Hozir olgan telefon esa yana nasiyaga uning bo‘yniga ilinyapti. Bu bilan uning qarzi borgan sari ko‘payib boryapti.

Ertaga bunaqangi odam bu qarzdan qanday qutuladi? Baribir bugun sizning qarzingizni berish uchun o‘zingizdan narsa olib beryapti. Faqatgina bo‘ynidagi qarz yana ko‘payyapti. Masalan, hozir 10 000 qarzi bo‘lsa, bu ishni qilgandan keyin qarzi 11 000 ga aylanadi.

Ya’ni borgan sari qarzi ko‘payib-ko‘payib ketyapti. Bundan qanday chiqadi? Mana shu tomonini ham o‘ylang. Bunaqa odam borib-borib bir kuni qarzingizni kattalashtirib, bermay ketadi. Odatda shunaqa bo‘ladi. Shu tomonini ham o‘ylash kerak.

Lekin shar’iy nuqtai nazardan hozirgi ko‘rinishida buning zarari yo‘q. Chunki sizdan narsani olyapti, birovga sotyapti, pulini olib, sizga olib kelib beryapti. Bunda shar’an muammo yo‘q. Lekin tijoriy tomondan, aqlan o‘ylab qaraganda, bunaqangi odam allaqachon bankrotga uchragan odam.

Chunki sizning o‘zingizdan olib, sizga qaytarib beryapti-da. Endi 10 000 lik qarzi 12 000 ga aylanib qoldi. Ertaga olti oydan keyin 14 000 ga chiqadi, keyin 18 000, 20 000 ga chiqadi. Borgan sari ko‘payib ketaversa, qanday qilib to‘laydi?

Keyin oxiri bir kuni yo‘q bo‘lib qoladi. Siz umid qilib yuraverasiz. Vallohu a’lam, bunaqangi odamga bermagan yaxshi bo‘lsa kerak. Avval qarzini bersin. Qanday bo‘lsa ham pulni topib, olib kelib bersin, keyin unga yana nasiya qilib berasiz.

Ustiga-ustak beraversangiz, hisobda pulingiz ko‘paygandek bo‘lib ko‘rinadi. Masalan, hozir siz undan 10 000 olishingiz kerak. Shu 10 000 ni olish uchun u sizning o‘zingizdan nasiya narsa olyapti, sotib, pulini sizga qaytarib beryapti. Siz esa unga 11 000 lik yangi qarzni bo‘yniga ilib qo‘yyapsiz.

Bu borib-borib kattalashib ketaveradi. Oxirida bir kuni baribir portlaydi. Portlagan paytda esa ichidan hech narsa chiqmaydi. Davlatlardagi ayrim iqtisodiy krizislar ham shunga o‘xshash bo‘ladi. Birjadagi oldi-berdilar va boshqa narsalar aylanib-aylanib, hisobda kattalashib ketadi, lekin tagida haqiqiy narsa bo‘lmaydi. Keyin: “Krizisga uchradi”, deb eshitasiz. Shunga o‘xshagan holat bo‘lib qoladi.

Shuning uchun bunaqangi odamga, Vallohu a’lam, bermang, deb nasihat qilaman. Tavba qilsin, ishlab topib qarzini bersin, boshqa yo‘lini qilsin. Modomiki sizga berishga imkoniyati yo‘q ekan, nimaga oldi? Endi yana nimaga olyapti? Bu bilan odam yana minusga kirib ketaveradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026
  • Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

    August 11, 2026