Bir ayolning turmush o‘rtog‘i har janjalda: «Bo‘ldi, ajrashamiz, javobingni beraman», deb aytadi. Ayol hozir qizlik uyida. Turmush o‘rtog‘i unga qo‘ng‘iroq qilib, turli haqoratli gaplar bilan nafsoniyatiga tegadi.
So‘ng:
«Bugundan iddangni sanayver, ertaga talog‘ingni bergani boraman», deb aytgan, lekin kelmagan.
Shunda ularning o‘rtasiga taloq tushib qolmadimi?