Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq >Uch taloq olgan ayol eriga qaytishiga yo‘l bormi?

Uch taloq olgan ayol eriga qaytishiga yo‘l bormi?

Nashr sanasi: July 31, 2026

Savol :

Ustoz, men turmushga chiqib, yetti oylik homilam bo’lganida erim safarga ketgan. Shu bo’yi besh yildan keyin qaytib keldi. Bu orada boshqasiga uylanib olgan ekan. Men talog’imni so’raganman va u uch taloq bergan.

Hozir o’sha ayoli bilan yashaydi. Farzandimizdan xabar olib turadi. Men erimga qaytishni xohlayman, lekin uch taloq masalasida iloji yo’q deyishadi. Biron yo’li bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Biz tutgan mazhabga ko’ra, uchta taloq bir yo’la aytilsa, bitta taloq tushadi, deb hisoblaymiz.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Uch taloq masalasi, ya’ni erkak kishi bir yo’la uchta taloq aytgan bo’lsa, bu masala ixtilofli masaladir.

Bu haqda juda ko’p savollarimizda javob berganmiz. Tafsilotlarini ham, dalillarini ham o’z vaqtida aytganmiz. Endi hozir fatvoning o’zini qisqacha aytsak, biz tutgan mazhabga ko’ra, uchta taloq bir yo’la aytilsa, bitta taloq tushadi, deb hisoblaymiz.

Bu Ibn Abbos roziyallohu anhuning mazhabi, Ato ibn Abi Rabah rahimahullohning mazhabi ham shudir. Ya’ni uchta taloq deyilsa, bitta taloq tushadi.

Dalil jihatdan qaralganda ham mana shu dalillar rojihroq ko’rinadi. Albatta, bu ixtilofli masaladir.

Hozirgi kunda ko’pgina shar’iy mahkamalar va muftiyliklar ham shu mazhabni tutadi, deb bilamiz. Eshitishimizcha, O’zbekiston musulmonlari idorasi ham shu mazhabni olgan. Alloh a’lam.

Biz ham mana shu qavlni rojih deb bilamiz.

Bu degani, agar erkak uchta taloq aytgan bo’lsa, bitta taloq tushadi.

Chunki Alloh taolo:

﴿الطَّلَاقُ مَرَّتَانِ﴾

degan.

Alloh taolo: “Taloq ikki martadir”, degan, “ikki taloqdir” demagan.

Ya’ni bir marta taloq beriladi, undan keyin idda boshlanadi. Shu muddat ichida er-xotinga ham hayotni qayta tiklash imkoniyati beriladi.

Agar bir yo’la uch taloq aytilib, birdan harom bo’lib ketadigan bo’lsa, shariat ko’zlagan maqsad amalga oshmay qoladi.

Bu esa shariat qo’ygan tartibni teskarisiga aylantirish bo’ladi. Bu bid’atdir. Bid’at bo’lgani uchun shariatga muvofiq emas. Shuning uchun u tushmaydi yoki tushsa ham bitta taloq tushadi.

Demak, uchta taloq desa ham, bitta taloq tushadi, deb aytamiz.

Shunday ekan, agar idda muddati o’tib ketgan bo’lsa — sizning aytganingizga qaraganda allaqachon tugagan bo’lsa — yana qaytmoqchi bo’lsangiz, yangi nikoh bilan qaytishingiz mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • “Javobing o‘zing bilan” desa, taloq tushadimi?

    August 17, 2026
  • “Falon ishni qilsang taloqsan” desa, taloq tushadimi?

    July 21, 2026
  • Erim uchtaloq berdi, ertasiga hayzim keldi…

    July 9, 2026
  • Nikohimiz botil emasmi?

    July 9, 2026
  • Er ayoli rost gapirishi uchun taloq bilan qo‘rqitishi.

    July 8, 2026
  • Ayol taloq qilinganini eshitmasa, taloq tushmaydimi?

    June 29, 2026