Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq >Er ayoli rost gapirishi uchun taloq bilan qo‘rqitishi.

Er ayoli rost gapirishi uchun taloq bilan qo‘rqitishi.

Nashr sanasi: July 8, 2026

Savol :

Er ayolidan bir narsani so‘rab, rost javob berishini istaydi.

Masalan, ayol eriga xiyonat qilgan bo‘lsa, eri: “Hatto tavba qilgan bo‘lsang ham, rostini ayt. Agar yolg‘on gapirsang, taloqsan,” desa va ayol yolg‘on gapirsa, taloq tushadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu holatda taloq tushmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu holatda taloq tushmaydi.

Aslida bunday savollarni berishning o‘zi noto‘g‘ri. Musulmonning aybini ochishga harakat qilish to‘g‘ri emas.

Agar, Alloh asrasin, shunday gunoh sodir bo‘lgan bo‘lsa-yu, keyin chin dildan tavba qilgan bo‘lsa, tavba gunohni o‘chiradi. Bunday narsalarni qayta-qayta kavlab, oilada shaytonga eshik ochish va fitnaga sabab bo‘lish to‘g‘ri emas.

Shuning uchun tavba qilingan gunohni ochishga urinmaslik, uni unutish va unga qaytmaslik kerak.

Agar er shunday savol bergan taqdirda ham, ayol javob bermasa yoki inkor qilsa, bu bilan taloq tushmaydi.

Bunday holatda, agar er taloqni qasam yoki shartga bog‘lagan bo‘lsa, masala tafsilotiga qaraladi. Ayrim holatlarda qasam kafforati vojib bo‘lishi mumkin. Lekin bu savolda so‘ralgan holat bo‘yicha taloq tushmaydi.

Aslida esa erning bunday yo‘l tutishi xato.

Agar ayoliga ishonmasa, uni xotin qilib yashashining o‘zi nima ma’no beradi? Ba’zi kishilar vasvasaga berilib, kechasi ham ayolini uyg‘otib: “Rostini ayt, xiyonat qilganmisan?” deb tinmay so‘rayveradilar. Bu to‘g‘ri emas.

Ayolning zohiriy holati yaxshi bo‘lsa, xotinlik vazifalarini ado etayotgan bo‘lsa, shunga qarab muomala qilinadi. Agar biror xiyonat yoki gunoh bo‘lsa, uni Allohning O‘zi vaqti kelganda oshkor qiladi.

Agar erning ko‘ngli mutlaqo xotirjam bo‘lmasa va birga yashay olmasa, unda boshqa yo‘lni tanlashi mumkin. Ammo bir tomondan xotin qilib yashab, ikkinchi tomondan doimiy gumon va so‘roqlar bilan oilaga sovuqchilik solishi to‘g‘ri emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • “Falon ishni qilsang taloqsan” desa, taloq tushadimi?

    July 21, 2026
  • Erim uchtaloq berdi, ertasiga hayzim keldi…

    July 9, 2026
  • Nikohimiz botil emasmi?

    July 9, 2026
  • Ayol taloq qilinganini eshitmasa, taloq tushmaydimi?

    June 29, 2026
  • “Bugundan iddangni sanayver, ertaga taloq beraman” desa, taloq tushadimi?

    June 13, 2026
  • Qattiq g‘azab holatida aytilgan taloq tushadimi yoki tushmaydimi?

    May 8, 2026