Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayolsiz yashay olmayman, shahvatni jilovlay olmayman. Bu sabrsizlikmi yoki shirkmi?

Ayolsiz yashay olmayman, shahvatni jilovlay olmayman. Bu sabrsizlikmi yoki shirkmi?

Nashr sanasi: April 27, 2025

Savol :

Domla, men ayolsiz yashay olmayman, shahvatimni jilovlay olmayman. Bu shunchaki sabrsizlikmi, yoki shirkmi? Chunki qalbimdagi ayolga bo‘lgan muhabbat Allohga bo‘lgan muhabbatdan kuchli emasmikin, degan gumon bor.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Bu insoniy tabiiy ehtiyoj. Ro‘za tutish va ko‘z zinosidan saqlanish kerak. Eng yaxshi yechim — uylanish.

Ya’ni bu sabrsizlikmi, shirkmi desa, u ikkalasi ham emas bu. Insondagi bir tabiat bu. Kimgadir Alloh taolo shu tomondan ko‘proq bir rag‘bat, ko‘proq kuch-quvvat berishi mumkin. Bu ya’ni tabiiy, normal erkaklarda bo‘ladigan narsa bu, ayollarga bo‘lgan intilish, sahobalarda qanchalik bo‘lgan, masalan.

Bu hech qanaqangi bir sabrsizlik yoki bo‘lmasa shirk ham deyilmaydi. Insoniy tabiat bu. Faqatgina bu insoniy tabiatni jilovlash kerak va o‘shanga siz yo‘l ochib bermasligingiz kerak. Masalan, ko‘z zinosidan saqlansangiz, ko‘p ya’ni bu tomoni ancha sizga yordam bo‘ladi.

Eng katta narsa shu sabablardan biri. Undan keyin siz ro‘za tutishingiz, mana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:

يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ، مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ، فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ، فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ

“Ey yoshlar jamoasi! Sizlardan kim uylanishga qodir bo‘lsa, uylansin. Chunki u ko‘zni (haromdan) ko‘proq past qiladi va or-nomusni yaxshiroq saqlaydi. Kim uylanishga qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchi vositadir.”

Manbasi:

Sahih al-Buxoriy, Nikoh kitobi, 5065-hadis

Sahih Muslim, Nikoh kitobi, 1400-hadis

Ya’ni meni yo‘lim — sizga ro‘za tutishingiz kerak bo‘ladi ko‘proq va uning sabablarini to‘xtatishingiz kerak. O‘sha shahvatga nima qiziqtiruvchi sabablar borligini bartaraf qiling.

Hozirgi kunda mana internet, qo‘lingizdagi telefon, ko‘chadagi ayollar — ko‘z zinosi. Ya’ni bitta qilib aytganda, ko‘z zinosidan tiyilsa, odam bunaqangi narsalarda ancha iffatli bo‘ladi, o‘zini tiyadi.

Uylaning . Ya’ni eng yaxshi narsa — uylanish. Nima uchun uylanmaysiz?

Ya’ni Rasululloh aytyaptilarki: «Kim qo‘lidan kelsa, uylansin», deyapti. Siz o‘sha ko‘p orzu-havaslarni qilib yubormay, ehtiyojingizni qondiradigan darajada bir qiz topib, ayol topib uylaning. Insha Alloh, hammasi o‘z joy-joyiga keladi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026