Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Johil saxiy Allohga baxil obiddan sevimliroqmi?

Johil saxiy Allohga baxil obiddan sevimliroqmi?

Nashr sanasi: March 28, 2026

Savol :

“Johil saxiy Allohga baxil obiddan sevimliroq” degan hadis sahihmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu gap sahih hadis emas va ma’nosi noto‘g‘ri, chunki Islom johillikni ham, baxillikni ham qoralaydi va insondan barcha yaxshi sifatlarni jamlashni talab qiladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu hadis sahih emas. Uning ma’nosi ham munkar, ya’ni noto‘g‘ri ma’no.

Ya’ni “johil, lekin saxiy odam baxil obiddan yaxshiroq” degan mazmun shariatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki Alloh taolo johillikni ham yaxshi ko‘rmaydi, baxillikni ham yaxshi ko‘rmaydi. Shuningdek, saxovat ham yaxshi sifat, ibodat ham yaxshi sifat.

Nega endi bitta yaxshi sifatni boshqa bir yomon sifat bilan, yana boshqa tomonda bitta yaxshi sifatni boshqa yomon sifat bilan solishtirib, ularni bir-biriga qarshi qo‘yishimiz kerak?

Biz shariatni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish uchun emas, balki uni to‘liq amalga oshirish uchun buyurilganmiz.

Masalan, inson ham saxiy bo‘lsin, ham ilmli bo‘lsin, ham ibodatli bo‘lsin — bu mukammal yo‘l. Nega endi johil bo‘lib qolib, faqat saxovat bilan kifoyalanish kerak? Yoki obid bo‘lib, baxil bo‘lib qolish kerak?

To‘g‘risi — inson kamchiliklarini to‘g‘rilab, barcha yaxshi sifatlarni jamlashga harakat qilishi kerak.

Shuning uchun bunday iboralar ko‘pincha to‘qib chiqarilgan yoki noto‘g‘ri tushunchalardan kelib chiqqan bo‘ladi.

Shariat dalillari bir-biriga qarshi qo‘yilmaydi, balki jamlanib, to‘liq amal qilinadi.

Vallohu a’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026