Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Vaqtimdan qanday unumli foydalanaman?

Vaqtimdan qanday unumli foydalanaman?

Nashr sanasi: January 15, 2026

Savol :

Ustoz, nasihat qilsangiz.
Namozlarimda xushu kamayib boryapti.
Hech narsaga ulgura olmayapman.
Vaqtimdan baraka ketgandek, kunlarimdan unumli foydalana olmayapman.
Har kuni ishdaman.

Qanday qilib vaqtimdan unumli foydalanishni o‘rganishim mumkin?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Baraka sabablariga jiddiy e’tibor bering. Iymon va taqvoni kuchaytiring

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ochig‘ini aytsam, bu masala barchamizni qiynayotgan masala.
Qanday qilib umrimiz barakali bo‘lsin, qanday qilsak hamma ishga ulguramiz — buni hammamiz izlayapmiz.

Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Alloh ishlaringizga ham, umringizga ham baraka bersin.

Bu borada bizda “Baraka darslari” bor.
Agar adashmasam, ular “Salomat qalb” darslari ichida bor.
O‘sha darslarda:

  • umrdagi baraka,

  • vaqtdagi baraka,

  • amaldagi baraka,

  • moldagi baraka,

  • farzanddagi baraka

— barchasi birma-bir tushuntirilgan.


Barakaning eng katta ikki sababi: iymon va taqvo

Alloh taolo Qur’onda aniq va’da qiladi:

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَـٰتٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ

“Agar qishloqlar ahli iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, Biz ularga osmon va yerdan barakalarni ochib qo‘ygan bo‘lardik.”

A’rof surasi, 96-oyat

Bu Allohning ochiq va’dasi.
Kim baraka xohlasa iymonni mustahkamlashi, taqvoni hayotiga kiritishi kerak.


Baraka sabablaridan yana ba’zilari:

Silai rahm
Qarindoshlik aloqalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysangiz, barakani aniq his qilasiz.

Halol rizq
Ishingizda halol bo‘lsangiz, tirikchiligingiz halol bo‘lsa — Alloh baraka beradi.
Bu ham taqvoning bir ko‘rinishidir.

Vaqtni tartibga solish
Hayoti barakali bo‘lgan kishilarning hayotini o‘rganish,
ortiqcha, foydasiz mashg‘ulotlarni tashlash juda muhim.


Eng katta baraka o‘g‘risi — telefon

Ochig‘ini aytsak, bugun telefon umrimizning yarmini o‘g‘irlayapti.
Uxlayotganda ham, turganda ham, yurganda ham, o‘tirganda ham, ovqat yeganda ham — telefon.

Shu sabab vaqt qayerga ketayotganini sezmaymiz, baraka yo‘qolgandek tuyuladi.

Bir kun bo‘lsa ham telefonni chetga qo‘yib ko‘ring, keraksiz qarashlarni qisqartiring.

Shunda vaqt sekinroq o‘tayotgandek bo‘ladi, kunlar barakaliroq bo‘lib qoladi.


Xulosa:

Mening aytmoqchi bo‘lganim shuki:

  • Baraka sabablariga jiddiy e’tibor bering

  • Iymon va taqvoni kuchaytiring

  • Halol bo‘ling

  • Vaqtingizni tartibga soling

  • Molayaniy, foydasiz ishlarni kamaytiring

Alloh taolo taqvo qilgan bandaga O‘zi baraka beradi.
Bu Uning va’dasi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026