Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayol mahr olmagunicha eriga itoat qilishi shart emasmi?

Ayol mahr olmagunicha eriga itoat qilishi shart emasmi?

Nashr sanasi: October 31, 2025

Savol :

Bir domla: “Erkak kishi xotiniga mahrni naqd sanab bermaguncha, uning ustidan rahbarligi sobit bo‘lmaydi. Bu Muxtasarda aytilgan”, — dedi.

Ayol kishi mahrini to‘liq olmagan bo‘lsa, eridan ruxsatsiz ko‘chaga chiqishga haqqi bor, deb aytdi. Shu gap rostmi? Bu oilada nizo keltirib chiqaradigan ish emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu gap bor, ya’ni bu — hanafiy mazhabi ulamolarining so‘zlari.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu gap bor, ya’ni bu — hanafiy mazhabi ulamolarining so‘zlari.

Agar er ayolga berishi kerak bo‘lgan narsani, ya’ni mahrni, vaqti kelgan bo‘lsa va bermay yurgan bo‘lsa, bu holda xotin ma’lum sharoitda itoatsizlik qilsa joiz bo‘ladi, deyilgan.
Ammo agar er mahrni nasiya qilib, masalan: “Bir yildan keyin beraman”, deb shunday shart bilan nikoh o‘tkazgan bo‘lsa, unda ittifoq bilan ayol eriga itoat etishi farz bo‘ladi.

Masalan, nikoh paytida:

“Yashaymiz, bir yildan keyin mahrni beraman,” — degan bo‘lsa,
ayol: “Bo‘ldi,” — deb rozi bo‘lgan bo‘lsa, u holda bir yil davomida eriga itoat etadi.

Ammo bir yil muddati o‘tib, er va’dasini bajarmasa, ya’ni mahrni bermay qo‘ysa, shunda hanafiy ulamolari aytishlaricha:

“Endi ayol nushūz qilsa — ya’ni itoatsizlik qilsa — bo‘ladi.
Bu harom hisoblanmaydi,” — deyilgan.


Nushūz nima degani?

Nushūz — ayolning erga itoatsizlik qilishi, ya’ni:

  • eridan ruxsatsiz uydan chiqib ketishi,

  • er to‘shakka chaqirganda borishdan bosh tortishi,

  • “Avval mahrimni to‘la ber, keyin er-xotinlik burchlarini ado etaman,” — deyishi kabilar.

Agar erning mahrni berish vaqti kelgan bo‘lsa-yu, u atayin bermay yurgan bo‘lsa, ayolning bu holati joiz bo‘ladi.


 Izoh:

Bu gap oilada nizo chiqarish uchun emas, balki adolatli yechim sifatida aytilgan.
Ko‘p erkaklar xotinlariga mahrini bermay yurishadi, hattoki qarzlarini ham bermaydi, “olasan-da” deb beparvo bo‘ladi.

Lekin nikohda aytilgan mahr — bu Alloh yo‘lida berilishi lozim bo‘lgan haqqdir.
Er uni vaqtida ado etishi — ayolning halol bo‘lishi uchun shartlardan biridir.


Xulosa:

  • Agar mahrni berish kechiktirilgan bo‘lsa, ayol itoat etishda davom etadi.

  • Ammo vaqt kelib, er bermasa, u holda ayolning nushūz qilishi  joiz bo‘ladi.

  • Buning maqsadi — erning va’dasiga va shartiga vafo qilishini ta’minlashdir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

    August 13, 2026
  • Ikkinchi ayolga uylanayotgan kishi birinchi ayolini sir tutsa bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    June 18, 2026
  • Erta uylanish afzalmi, kech uylanishmi?

    May 5, 2026