Biz besh yil oldin qishlog‘imizdan bir yer sotib olgan edik. Yerni sotgan odamning otasi o‘sha paytda hayot ekan. U kishi bu yerni sotishga norozi bo‘lgan, chunki yer otasidan qolgan ekan. Onasi ham hayot bo‘lib, u ham sotilishiga rozi emas ekan. Shunga qaramay, o‘g‘illari yerni bizga sotishgan.
Men o‘sha paytda yosh edim, bu masalalardan xabarim yo‘q edi. Otam ularning norozi ekanini bilganmi yoki yo‘qmi, buni ham bilmayman.
Shundan keyin oilamizda ko‘p noxush voqealar bo‘ldi. Bir kishi: “Bu balolar sizlarning o‘sha yerni ota-onasining roziligisiz sotib olganingiz sababli bo‘lyapti,” dedi. Yerni sotgan odamning qizi ham otasini bir necha marta tushida ko‘rgan ekan.
Shu gaplar to‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi? Yerni sotib yuborishimiz kerakmi?