Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Aka-ukalarning farzandlari turmush qurmoqchi. Ularning ukalari o‘zaro emikdosh. Uylanmoqchi bo‘lgan o‘g‘il va qiz o‘zaro emmagan. Shunday holatda nikoh joizmi?

Aka-ukalarning farzandlari turmush qurmoqchi. Ularning ukalari o‘zaro emikdosh. Uylanmoqchi bo‘lgan o‘g‘il va qiz o‘zaro emmagan. Shunday holatda nikoh joizmi?

Nashr sanasi: May 24, 2025

Savol :

Bir aka-uka o‘zaro boja bo‘lishgan, opa-singilga uylanishgan. Akaning 3 ta o‘g‘li, ukaning 3 ta qizi bor. Keyinroq opa-singil yana farzand ko‘rishgan. Bir-birlarining kichik farzandlarini opa-singil emizib, emikdosh qilishgan. Aka katta o‘g‘lini ukasining katta qiziga uylantirmoqchi. Turmush qurmoqchi bo‘lgan yigit bilan qiz ham amakivachcha, ham xolavachcha, ham emikdosh ukalarining aka va opasi. Shunda bularning nikohi durust bo‘laveradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Agar yigit ham, qiz ham bir-birlarining onasini emmagan bo‘lsa, ular o‘rtasida emikdoshlik yo‘q. Ukalarining emikdosh bo‘lishi bu nikohga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun bu nikoh shar’an joiz. Vallohu a’lam.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Bo‘ladi. Modomiki bular emishmagan bo‘lsa — bo‘ldi. Ya’ni bu hozir uylanayotgan bola o‘sha xolasini emmagan, va bu qiz bu bolaning onasini emmagan bo‘lsa — bo‘laveradi.

Bularning ukalari emganligi bularga ta’sir qilmaydi. Kim emgan bo‘lsa, o‘sha emganga ta’sir qiladi bu narsa.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026
  • Uylanishdan avval qizni necha marta ko‘rsa bo‘ladi?

    April 8, 2026
  • Faqat ikki quda ijob-qabul qilishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    April 8, 2026
  • Oila sirlarini dugonalariga aytadigan kelinlarga nasihat qiling.

    April 5, 2026
  • Nikohdan maqsad nima ekani haqida eslatma qilsangiz.

    April 2, 2026
  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026