Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

Nashr sanasi: August 11, 2026

Savol :

Ustoz, sizdan iltimos, erkaklarga qaynona va qaynotalarga yaxshilik qilish to‘g‘risida ozgina nasihat qilsangiz. Turmush o‘rtog‘im ota-onamni mensimaydi, ularga hurmatsiz munosabatda bo‘ladi. Hayitlarda bir bor bo‘lsa ham ularning holidan xabar olmaydi. Gapirsam: “Ular menga begona”, deydi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Afsuski, bizda shunday noto‘g‘ri tushuncha shakllanib qolgan. Go‘yoki erkak qaynona-qaynotasini hurmat qilsa, erkakligi kamayib qoladigandek qarashadi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Afsuski, bizda shunday noto‘g‘ri tushuncha shakllanib qolgan. Go‘yoki erkak qaynona-qaynotasini hurmat qilsa, erkakligi kamayib qoladigandek qarashadi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Xuddi ayrim joylarda qaynonaning kelinni ezishi odat bo‘lib qolganidek, ba’zi kuyovlar ham qaynona-qaynotaga hurmatsizlikni odatiy hol deb bilishadi. Alloh holimizni isloh qilsin.

Bu holatni faqat din isloh qiladi. Alloh taolo aytadi:

﴿وَلَهُنَّ مِثْلُ الَّذِي عَلَيْهِنَّ بِالْمَعْرُوفِ﴾

Ayollarning erkaklar zimmasida qanday haqlari bo‘lsa, erkaklarning ham ayollar zimmasida shunday haqlari bor.

So‘ng Alloh taolo:

﴿وَلِلرِّجَالِ عَلَيْهِنَّ دَرَجَةٌ﴾

deb, erkaklarning bir darajasi borligini aytadi.

Bu daraja zulm qilish yoki ko‘proq haq olish degani emas. Aksincha, erkakning fazilati — kechirimli, saxiy va muruvvatli bo‘lishidadir. Erkakning rujulati ayoliga ustun kelishida emas, balki unga ko‘proq yaxshilik qilishida namoyon bo‘ladi.

Xotin erining ota-onasiga xizmat qiladi, ularni hurmat qiladi. Endi er hech bo‘lmasa xotinining ota-onasini hurmat qilishi kerak emasmi?

Bu qanday insofsizlikki, xotin yillar davomida erining ota-onasiga xizmat qiladi, uyini obod qiladi, farzandlarini tarbiyalaydi, lekin er uning ota-onasini hatto bir inson o‘rnida ham ko‘rmasa?

Xotinning ota-onasini hurmat qilish — muruvvat va rujulat belgisidir.

Bunday qilmagan odam bilsinki, bu uning pastkashligidan dalolat qiladi. Rujulati bor erkak ayolini ham, uning ota-onasi va qarindoshlarini ham hurmat qiladi.

Avomning: “Qaynotasini hurmat qilsa, xotinining quli bo‘lib qolibdi”, degan gaplariga e’tibor bermang. Bu johillarning gapidir.

Dinimiz ham, insoniylik ham shuni talab qiladi.

Erkak ayoliga yaxshilik qilib, uning haq-huquqini ado etsa, Qiyomat kuni bundan xursand bo‘ladi. Ammo ayoli: “Men unga shuncha xizmat qildim, lekin u mening haqqimni bermadi”, deb da’vo qilsa, o‘sha kundagi holat qanday bo‘ladi?

Shuning uchun bu narsani hech qachon unutmaslik kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026
  • Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Yangi hovlimga suv tortishimga qo‘shnilar rozi bo‘lmayapti…

    August 7, 2026
  • Sakinat nima?

    August 7, 2026
  • Ayol kishi tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanishi joizmi?

    August 7, 2026