Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

Nashr sanasi: August 11, 2026

Savol :

Ustoz, Mariya deb ism qo‘yish joizmi? Bu ism Maryam ismidan qisqartirilganmi? Bu ismning ma’nosi nima?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Mariya ismi arabcha emas, balki ajamiy ism. Xususan, Misrda ishlatilgan ismlardan hisoblanadi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Mariya ismi arabcha emas, balki ajamiy ism. Xususan, Misrda ishlatilgan ismlardan hisoblanadi.

Muqavqis Rasululloh ﷺga Mariya al-Qibtiyya ismli joriyani hadya qilib yuborgan. Rasululloh ﷺ uni o‘zlariga surriya qilib olganlar va undan farzand ko‘rganlar. O‘g‘illarining ismini Ibrohim deb qo‘yganlar. Ibrohim roziyallohu anhu taxminan bir yarim yoshlarida vafot etgan.

Demak, Rasululloh ﷺning o‘g‘illari Ibrohim Mariya al-Qibtiyyadan tug‘ilgan.

Bu ism arabcha emas. Ba’zi kishilar uni Maryam ismining boshqa shakli deb aytadilar. Ma’nosi esa ba’zi lug‘atlarda yorug‘lik, oq yuzlilik, nurli degan ma’nolarda izohlanadi. Arab tilida بَيْضَاءُ بَرَّاقَةٌ (yorqin, oq yuzli) ma’nosiga yaqin ma’nolar keltiriladi.

Shuning uchun ma’nosi ham yaxshi.

Shuningdek, Mariya Rasululloh ﷺning surriyalari bo‘lgan. Rasululloh ﷺ uni bekorga o‘zlariga surriya qilmaganlar. U pokiza ayol bo‘lgan va undan farzand ham ko‘rganlar.

Ibrohim vafot etganida Rasululloh ﷺ juda qattiq qayg‘urganlar, hatto ko‘zlaridan yosh oqib yig‘laganlar.

Shuning uchun Mariya deb ism qo‘yish joiz. Ma’nosi ham yaxshi. Faqat bu ism arabcha emas, ajamiy ismlardan hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026
  • Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Yangi hovlimga suv tortishimga qo‘shnilar rozi bo‘lmayapti…

    August 7, 2026
  • Sakinat nima?

    August 7, 2026
  • Ayol kishi tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanishi joizmi?

    August 7, 2026