Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Firmaga yolg‘ondan odam taklif qilib bonus olish haqida.

Firmaga yolg‘ondan odam taklif qilib bonus olish haqida.

Nashr sanasi: March 28, 2026

Savol :

Men musofir yurtda buyurtmalarni yetkazib berish xizmatida ishlayman. Bizning firmamiz kimnidir ishga taklif qilsa va u ma’lum miqdorda buyurtma yetkazib bersa, bonus beradi.

Ba’zi tanishlarim odamni ishga taklif qilib, keyin o‘sha qo‘shilgan odamning o‘rniga o‘zlari ishlaydi va pulni ham o‘zlari oladi. Qo‘shilgan odamga esa oldindan kelishilgan miqdorda pul beradi. Bonus pulini olgandan keyin esa, u taklif qilingan odam o‘z ishida ishlayveradi.

Ustoz, shunday qilish halolmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ish boshidan ochiq kelishuv va rozilik bilan, yolg‘on va aldovsiz bo‘lsa joiz, lekin yashirish yoki firma qoidalarini buzish bo‘lsa joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu ishda yolg‘on, aldov yoki yashirish bo‘lmasa, va barcha taraflar boshidan bilib, rozi bo‘lib kelishgan bo‘lsa, bu ishda shariatga zid narsa yo‘q, insha Alloh.

Ya’ni, ish boshida ochiq-oydin kelishuv bo‘lsa, kim nima ishlaydi va kim qancha oladi — hammasi aniq bo‘lsa, bu joiz bo‘ladi.

Lekin bunday ishlarda ko‘pincha muammo yolg‘on va yashirishdan chiqadi. Masalan, kimning nomidan ishlanayotgani yashirilsa, yoki firma qoidalariga zid bo‘lsa, yoki keyinchalik taraflardan biri norozi bo‘lsa — bu muammo keltirib chiqaradi.

Shuning uchun bu ishda eng muhim narsa — shaffoflik va halollik. Agar hamma narsa ochiq va rozilik asosida bo‘lsa, zarar yo‘q.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026