Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sahobalar bitta ayoli bor kishiga past nazar bilan qarashganmi?

Sahobalar bitta ayoli bor kishiga past nazar bilan qarashganmi?

Nashr sanasi: March 28, 2026

Savol :

Ustoz, savolim takror bo‘lsa uzr. Sahobalar orasida bitta xotini bor yoki umuman uylanmagan sahobalarga past nazar bilan qarash holati bo‘lganmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sahobalar orasida uylangan yoki uylanmaganlarga past nazar bilan qarash bo‘lmagan, chunki Alloh aytadi: لَا يَسْخَرْ قَوْمٌ مِنْ قَوْمٍ va bunday kamsitish Islomda haromdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunday narsa bo‘lmagan. Bu aslida shariatga zid narsa. Birovga past nazar bilan qarash, uni kamsitish Islomda man qilingan.

Alloh taolo aytadi


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا يَسْخَرْ قَوْمٌ مِنْ قَوْمٍ


Ey iymon keltirganlar, bir qavm boshqa qavmni masxara qilmasin

Bu oyat umumiy ma’noni bildiradi. Ya’ni uylanganlar uylanmaganlarni masxara qilmasin, yoki aksincha uylanmaganlar uylanganlarni masxara qilmasin. Bu ham shu oyatning ichiga kiradi.

Yoki millat bilan ajratish, shaharlik-qishloqlik deb ajratish, boy-kambag‘al deb ajratish, odamlarning ustidan kulish — bularning hammasini Alloh taolo harom qilgan.

وَلَا تَلْمِزُوا أَنْفُسَكُمْ وَلَا تَنَابَزُوا بِالْأَلْقَابِ


Bir-biringizni ayblamanglar va yomon laqablar bilan chaqirmanglar

Sahobalar shunday harom ishlarni qilgan deymizmi? Albatta yo‘q. Sahobalar bu kabi yomon xulqlardan uzoq bo‘lganlar.

Ular orasida bunday past nazar bilan qarash degan narsa bo‘lmagan. Bu gaplar johil yoki noto‘g‘ri tushungan odamlarning so‘zlaridir.

Shuning uchun bunday gaplarga e’tibor bermaslik kerak.

Vallohu a’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026