Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Asrga azon aytilguncha peshin o‘qisa bo‘ladimi?

Asrga azon aytilguncha peshin o‘qisa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: March 27, 2026

Savol :

Ustoz, bizda asr namoziga azon 17:35 da aytiladi, lekin asr vaqti 16:42 da kiradi. Azon aytilguncha peshinni o‘qib olish mumkinmi yoki asr vaqti kirgach peshin vaqti tugaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Asosiy narsa azon emas, asosiy narsa vaqtning kirishidir. Biz ko‘p aytamiz, mezon azon emas, balki namoz vaqtining kirishidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Asosiy narsa azon emas, asosiy narsa vaqtning kirishidir. Biz ko‘p aytamiz, mezon azon emas, balki namoz vaqtining kirishidir. Ba’zi joylarda azon vaqt kirishi bilan darhol aytiladi. Masalan, Saudiyada yoki Misrda odatda vaqt kirishi bilan azon aytiladi. Lekin ba’zi joylarda azon kechikib aytilishi mumkin

Shuning uchun agar asr vaqti 16:42 da kirgan bo‘lsa, 17:35 da azon aytilishining ahamiyati yo‘q. Asr vaqti kirishi bilan peshin vaqti tugaydi

Demak, 16:42 dan keyin peshinni o‘qisangiz, qazo bo‘ladi. Peshinni asr vaqti kirishidan oldin o‘qib olish kerak

Bu masalaga juda e’tibor berish kerak. Ko‘p odamlar azonga qarab yurib, asl vaqtni e’tiborsiz qoldiradi. To‘g‘risi vaqtga qarab amal qilinadi, azonga emas

Vallohu a’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Peshinni vaqtidan ertaroq o‘qishga oid savol.

    March 27, 2026
  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026