Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Mening nomimga sotib olingan telefon uchun qiyomatda men javobgar bo‘lamanmi?

Mening nomimga sotib olingan telefon uchun qiyomatda men javobgar bo‘lamanmi?

Nashr sanasi: March 26, 2026

Savol :

Ustoz, men Koreyadaman. Bir necha yil avval bir tanishim mening nomimga sim-karta va telefon sotib olgandi. Ancha ishlatib yurib, oxiri to‘lovlarni qilmasdan boshqa davlatga ketib qoldi. Endi bu qarzlar qiyomatda mening zimmamda qoladimi?

Men uni ishlatmaganman, faqat mening nomimga olingan xolos.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida bu qarz sizning zimmangizda qolmaydi. Uni ishlatgan odam — o‘sha to‘lashi kerak. Qarzni zimmasiga olgan, foydalangan shaxs javobgar bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida bu qarz sizning zimmangizda qolmaydi. Uni ishlatgan odam — o‘sha to‘lashi kerak. Qarzni zimmasiga olgan, foydalangan shaxs javobgar bo‘ladi.

Lekin bu masalaning dunyoviy tomoni bor:
Agar o‘sha davlat (masalan, Koreya) tizimida qarz sizning nomingizda turgan bo‘lsa, sizga muammolar chiqishi mumkin. Masalan:

  • aeroportdan chiqishda to‘sqinlik qilishlari,

  • jarima yoki qarzni majburan undirish,

  • huquqiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Bunday tartibli davlatlarda qarz masalasi jiddiy qaraladi. Shuning uchun bu masalaga befarq bo‘lmaslik kerak — bir kun kelib sizga zarar yetkazishi mumkin.

Shu sababli, imkon bo‘lsa:

  • bu masalani yopish (hal qilish),

  • yoki o‘sha odam bilan bog‘lanib qarzni to‘latish
    sizning foydangiz uchun yaxshiroq bo‘ladi.


Oxiratga kelsak:
Agar siz bu narsani ishlatmagan bo‘lsangiz va asl holatni Alloh bilib turgan bo‘lsa — javobgarlik o‘sha ishlatgan odamning zimmasida bo‘ladi.

Ammo ehtiyot choralarini ko‘rish — dunyoviy zararlarning oldini olish uchun muhim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026