Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Hozirda ahli kitoblardan go‘sht sotib olsa bo‘ladimi?

Hozirda ahli kitoblardan go‘sht sotib olsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: March 27, 2026

Savol :

Ustoz, Qur’onda ahli kitoblardan go‘sht olish mumkin deb aytilgan. Lekin bugungi yahudiy va nasroniylar oldingidek tushunchadami? Ya’ni bugungi nasroniylar Allohni uchta, deb e’tiqod qilishadi.

Bugungi kunda esa ateistlar ham juda ko‘p. Shaxsan men ulardan go‘sht olib yemayman. Lekin do‘stim “yeyish mumkin” deydi. Buning hukmi qanday? Dalillar bilan tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ahli kitob (yahudiy va nasroniy)larning so‘ygan go‘shti halol bo‘ladi, hatto ular Rasululloh ﷺ ga iymon keltirmagan bo‘lsa ham, lekin ikki shart bilan: ular haqiqatan ahli kitob bo‘lishi va hayvon shar’iy usulda so‘yilgan bo‘lishi kerak. Ateistlarning so‘ygan go‘shti esa ittifoq bilan haromdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala haqiqatan ham nozik masalalardan.

Avvalo, shuni tushunish kerak: ahli kitob deganda odamlar ko‘pincha ularning mo‘min bo‘lishini qidiradi. Lekin bu to‘g‘ri yondashuv emas.

Rasululloh ﷺ kelganlaridan keyin yahudiy va nasroniylar, agar u zotga iymon keltirmasa, kofir hisoblanadi. Chunki Rasululloh ﷺ ga iymon keltirmaslikning o‘zi ularning kufriga yetarli. Allohni bitta deyaptimi yoki uchta deyaptimi — baribir, Muhammad ﷺ ga iymon keltirmasligi ularni kofir qiladi.

Alloh taolo Qur’onda ularning ba’zi e’tiqodlarini bayon qilgan:

وَقَالَتِ الْيَهُودُ عُزَيْرٌ ابْنُ اللَّهِ وَقَالَتِ النَّصَارَى الْمَسِيحُ ابْنُ اللَّهِ

“Yahudiylar ‘Uzayr Allohning o‘g‘li’, dedilar. Nasroniylar esa ‘Masih Allohning o‘g‘li’, dedilar.”

Bu ularning ochiq kufridir.

Shuningdek, ular o‘z kitoblarida oxir zamon payg‘ambari kelishini bilishgan. Tavrot va Injilda Rasululloh ﷺ ning sifatlari zikr qilingan. Lekin ular haqiqatni bilib turib inkor qilishdi. Alloh taolo aytadi:

فَلَمَّا جَاءَهُمْ مَا عَرَفُوا كَفَرُوا بِهِ

“Ularga tanigan narsalari kelganda, unga kofir bo‘ldilar.”

Ya’ni ular Rasululloh ﷺ ga kofir bo‘lishdi va shu bilan o‘z kitoblariga ham zid ish qilishdi.

Shunga qaramay, Alloh taolo ahli kitobning so‘yganini bizga halol qilgan. Ularning ayollariga uylanishni ham halol qilgan. Bu ularning Islomga ba’zi jihatdan yaqin tomonlari borligi bilan izohlanadi. Masalan, ular Allohga, oxiratga va payg‘ambarlar masalasiga umumiy e’tiqodga ega.

Shuning uchun bu masalada o‘zimizni qiynamaylik. Ahli kitobning holati shunday.

Agar sizning ko‘nglingiz tortmasa, yemang — bu sizning ixtiyoringiz.

Lekin hukmga kelsak:

Ateistlarning so‘ygani — harom. Bu masalada ittifoq bor.

Ahli kitobniki esa ikki shart bilan halol bo‘ladi:

Birinchisi — u odam haqiqatan ahli kitob bo‘lishi kerak, ya’ni o‘zini yahudiy yoki nasroniy deb bilishi.

Ikkinchisi — hayvon shar’iy usulda so‘yilgan bo‘lishi kerak. Ya’ni bo‘g‘iz tomondan, qon chiqarib so‘yilishi kerak. Agar tok bilan urib o‘ldirilgan bo‘lsa, bu halol bo‘lmaydi. Hatto musulmon ham shunday qilib o‘ldirsa, u go‘sht harom bo‘ladi.

Demak, bu ikki shart topilsa — yeyish mumkin bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026