Ustoz, xo‘jayinim Rossiyaga ketamiz deyapti. O‘zi yaqinda kelgan edi. Men borishni xohlamayapman, sababi homiladorman. Kasal bo‘lsam, kasalxonaga olib bormaydi, bolalarimni ham davolatish kerak.
Yana boshqa sabablar ham bor. Shunda men: “Ketmayman, bolalar bilan shu yerda qolaman”, deyishga haqqim bormi? Chunki homilador holimda u yerda qiynalaman.