Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

Nashr sanasi: February 17, 2026

Savol :

Er ayolini har gapida “telba”, “ahmoq”, “tentak” deb so‘kishi joizmi? Ayol eriga: “Meni unday so‘zlar bilan so‘kmang, menga yoqmayapti”, desa ham, ayolga erining sansirashi yoqmasa ham, erning bunday qilishiga joizlik bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, bu nojoiz narsa. Bu madaniyatsizlik va past saviyaning belgisi. Erkak kishining bunday muomalasi uning Karim xulqdan uzoq ekanini ko‘rsatadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bu nojoiz narsa. Bu madaniyatsizlik va past saviyaning belgisi. Erkak kishining bunday muomalasi uning Karim xulqdan uzoq ekanini ko‘rsatadi.

Rasululloh ﷺning xulqlariga qarang. U zot ayollariga qanday muomala qilganlar? Alloh taolo Qur’onda aytadi:

وَعَاشِرُوهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ

Ular bilan tinch-totuv yashanglar.

An-Nisa 19-oyat.

Yana aytiladi:

وَلَهُنَّ مِثْلُ ٱلَّذِى عَلَيْهِنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ

Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir.

Al Baqoroh 228 oyat

Demak, hurmat bir tomonlama emas. Bu “men erkakman, ezaman” degan tushuncha emas. Bu johiliyat tushunchasidir. Afsuski, ayrim joylarda shunday noto‘g‘ri qarash shakllanib qolgan.

Erkak kishi o‘zini Rasululloh ﷺga o‘xshatishi kerak. Rasululloh ﷺ ayollariga yumshoq, latif, go‘zal xulq bilan muomala qilganlar. Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Oysha roziyallohu anho bilan yugurishib musobaqa qilganlari zikr qilingan. Habashiylar o‘yinini ko‘rayotgan Oysha onamizni pana qilib turganlari ham mashhur voqea. Bu — rahm-shafqat, latofat va go‘zal muomalaga misol.

Ayolga “ahmoq”, “tentak” deb haqorat qilish erkaklik emas. Bu xudbinlik va saviyasizlikdir. O‘ylab ko‘ring: agar kimdir sizning qizingizga shunday gapirsa, rozi bo‘lasizmi? U ham birovning qizi, ota-onasi uni asrab-avaylab sizga omonat qilib bergan.

Bunday muomala farzandlar tarbiyasiga ham salbiy ta’sir qiladi. Bola onasiga hurmatsizlikni ko‘rib ulg‘aysa, kelajakda o‘zi ham shunday bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun erkak kishi johiliyat xulqidan voz kechib, o‘zini to‘g‘rilashi kerak. Ayol esa imkon qadar hikmat bilan tushuntirishi, sabr va nasihat yo‘lini tutishi mumkin.

Musulmon kishi Rasululloh ﷺga ergashadi, urfdagi johillarga emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026