Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Farzand tug‘ilganda qulog‘iga azon aytish.

Farzand tug‘ilganda qulog‘iga azon aytish.

Nashr sanasi: March 24, 2026

Savol :

Ustoz, farzand tug‘ilganda qulog‘iga azon aytish dinimizda bormi? Qulog‘iga azon aytib ism qo‘yish bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu azon aytish haqidagi hadis ulamolar o‘rtasida ixtilofli rivoyatlardan hisoblanadi. Ba’zilar uni hasan degan, ba’zilar esa zaif degan. Xususan, muhaqqiq muhaddislar bu hadisni zaif deb baholashgan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu azon aytish haqidagi hadis ulamolar o‘rtasida ixtilofli rivoyatlardan hisoblanadi. Ba’zilar uni hasan degan, ba’zilar esa zaif degan. Xususan, muhaqqiq muhaddislar bu hadisni zaif deb baholashgan.

Takbir aytish haqidagi hadis esa umuman sobit emas, degan gaplar ham bor.

Ism qo‘yishga kelsak — bu narsa sobit. Rasululloh ﷺ farzandga ism qo‘yishni aytganlar. Odatda yettinchi kuni ism qo‘yiladi.

Soch olish masalasida ham ixtilof bor:

  • O‘g‘il bolaning sochi olinadi — bu bor gap.

  • Qiz bolaga kelganda, ba’zi ulamolar (jumladan hanafiy va hanbaliy ulamolar) qiyos qilib, qiz bolaning ham sochi olinadi deganlar.

  • Boshqa ba’zilar esa qiz bolaning sochi olinmaydi degan.

Men Hanafiy mazhabidagi gapni aytaman: bu masalada qiz bolaning ham sochi olinadi. Ya’ni, ona qornidan chiqqan o‘sha sochni olib tashlash — ozorni ketkazish ma’nosida — yaxshi, deb qaraladi, vallohu a’lam. Bu jihatdan o‘g‘il va qiz bola o‘rtasida farq yo‘q.

Xulosa qilib aytganda:

  • Ism qo‘yish — bor va sobit.

  • Quloqqa azon aytish hadisi — sahih darajada sobit emas.

Agar kimdir bu amalni joiz deb bilgan qavlga ergashib, bolaning qulog‘iga azon aytsa, bu inkor qilinmaydi. Lekin muhaqqiq ulamolar bu hadisni zaif deganlari sababli, biz o‘sha qavlga ko‘ra amal qilamiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026