Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

Nashr sanasi: February 13, 2026

Savol :

Ustoz, biz taraflarda yoshi katta, nomahram qarindosh onaxonlar ko‘rishganda qo‘l berib so‘rashib, hatto o‘pib qo‘yishadi. Shunda biz qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Endi agar yoshi katta momolar bo‘lsa, masala biroz yengilroq. O‘pish darajasigacha bormaslik kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Endi agar yoshi katta momolar bo‘lsa, masala biroz yengilroq. Lekin baribir nomahramlik hukmi saqlanadi. O‘pish darajasigacha bormaslik kerak. Iloji bo‘lsa, muloyimlik bilan masofani saqlab, hurmat bilan salomlashish kifoya qiladi.

Ba’zi joylarda urfga ko‘ra yelkasiga qoqib qo‘yish yoki qo‘lini qisqa ushlab qo‘yish kabi holatlar bo‘ladi. Ammo o‘pish yoki ortiqcha yaqinlikka bormaslik kerak. Chunki baribir nomahram ayol — yoshi katta bo‘lsa ham.

Qishloq joylarda urf-odat kuchli bo‘ladi. Masalan, hajdan kelgan odamni ayollar birma-bir kelib o‘pishlari kabi holatlar uchraydi. Lekin urf shariatdan ustun emas. Imkon qadar chiroyli muomala bilan chetlashish kerak.

Alloh taolo qari ayollar haqida yengillik bergan bo‘lsa ham, oyat oxirida:

وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌۭ لَّهُنَّ ۗ 

“Iffat saqlashlari ular uchun yaxshiroqdir.”

An-Nur 60-oyat

Ya’ni, hatto yoshi katta ayollar ham iffatni saqlashi afzal.

Shuning uchun erkak kishi nomahram ayolni o‘pishi joiz emas. Yoshi katta bo‘lsa ham, hurmat bilan, masofani saqlab, qo‘l bermasdan salomlashish eng xavfsiz yo‘ldir.

Muloyimlik bilan tushuntirish, masalan: “Kechirasiz, biz qo‘l bermaymiz, shunday odat qilganmiz”, deb aytish mumkin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026