Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

Nashr sanasi: February 13, 2026

Savol :

Bir insonning boshida kasallik, farzandsizlik yoki shunga o‘xshash muammolar bo‘lsa, “Baqara surasini 40 kun o‘qisa mushkuloti hal bo‘ladi” degan gapga biron dalil bormi?

Sanoq qilmagan holda, “mushkulotim hal bo‘lguncha tilovat qilaman”, deb niyat qilsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, Baqara surasini aynan 40 kun o‘qish kerakligi haqida shariatda sahih dalil yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, Baqara surasini aynan 40 kun o‘qish kerakligi haqida shariatda sahih dalil yo‘q. “Faloni surani falon marta o‘qisang mushkul ochiladi” degan gaplar ko‘pincha dalilsiz rivoyatlar yoki odat tusiga kirgan amallardandir.

Albatta, Qur’on o‘qish — fazilatli amal. Xususan, Baqara surasi haqida sahih hadislarda uning fazilati zikr qilingan. Ammo aniq bir kasallik yoki muammo uchun 40 kunlik maxsus tartib shariatda sobit emas.

Ba’zilar “mushkul kushod” deb turli she’r yoki maxsus matnlarni o‘qishadi. Agar ular Qur’on va sahih duolardan bo‘lmasa, bunday amallarni din nomidan bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas.

Alloh taolo marhamat qiladi:

وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِى عَنِّى فَإِنِّى قَرِيبٌ ۖ أُجِيبُ دَعْوَةَ ٱلدَّاعِ إِذَا دَعَانِ ۖ فَلْيَسْتَجِيبُوا۟ لِى وَلْيُؤْمِنُوا۟ بِى لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ ١٨٦

Agar bandalarim sendan Meni so`rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, to`g`ri yo`lni topsalar.
(Baqara, 186-oyat)

Demak, asosiy yo‘l — Allohga bevosita duo qilish.

Qanday yo‘l tutish kerak?

  • Allohdan chin qalb bilan duo qiling.

  • Duo ijobat bo‘ladigan vaqtlarni poylang: sahar payti, juma kuni, ro‘za ochish vaqti.

  • Ota-onaning duosini oling.

  • Solih insonlardan duo so‘rang.

  • Ko‘proq hasanot — yaxshi amallar qiling.

Agar inson “Qur’onni ko‘proq o‘qiyman, Baqarani takror tilovat qilaman” desa, bu yaxshi niyat. Lekin uni maxsus raqam yoki muddat bilan bog‘lab, shart qilib qo‘yish dalilsiz bo‘lmasligi kerak.

Allohdan umidingizni uzmang. Alloh taolo chin qalb bilan murojaat qilgan bandasini hech qachon noumid qilmaydi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026