Ukam ayoli bilan kelishib yashay olmadi. Kelin tomonning onasi qizini tez-tez uyiga chaqirib olib ketardi. Oxiri kelin o‘zi taloq so‘radi.
Nikoh vaqtida kelin 40 000 mahr so‘ragan, “umr davomida bersangiz bo‘ladi”, deb kelishilgan ekan. Endi ajralish paytida ukam: “Agar taloqni o‘zing so‘rasang, mahringdan kechasan”, dedi. Kelin esa: “Yo‘q, taloqni ham, mahrimni ham berasiz”, dedi.
Xullas, tortishuvlardan keyin kelinning onasi: “Mayli, qo‘yaver, haqqingni qiyomatda olasan”, deb qizini olib ketdi. Ajrashganiga yetti oy bo‘ldi. Ukam esa ikki oy oldin boshqa ayolga uylandi.
Endi savol:
Ukam ayoliga faqat taloq bergani yetarlimi yoki mahrini ham berishi shartmi?
“Taloni o‘zi so‘ragan ayoldan mahr qaytarib olinadi”, degan gapni eshitgan edik.
Endi ukam nima qilishi kerak?