Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erimdan ko‘nglim sovigan, u esa yarashmoqchi…

Erimdan ko‘nglim sovigan, u esa yarashmoqchi…

Nashr sanasi: January 4, 2026

Savol :

Ustoz, turmush qurganimizga besh yil bo‘ldi, ikki nafar farzandimiz bor. Hozirda birga yashamayapmiz. Qaynonam menga tuhmat qilgan, turmush o‘rtog‘im esa unga ishonib, meni haqoratlab, sha’nimga og‘ir so‘zlar aytgan.

U menga: “Senga xayr” degan edi. Men: “Bu so‘zingiz taloq ma’nosidami?” deb so‘raganimda: “Javob senga

deb aytdi. Shundan keyin idda sanab, onamnikida yashab kelyapman. Iddam tugagan.

Oradan besh oy o‘tib, erim: “Ajrashmaymiz, xato qilganman, tuhmatlarga ishonibman, qaytadan nikoh o‘qitib yashaymiz”, deyapti.
Ammo mening ko‘nglim sovib qolgan, birga yashagim kelmayapti.

Shu holatda men yashashga majburmanmi? Nasihat bersangiz, iltimos.


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bunday holatda siz majbur emassiz. Sizga taloq tushgan, idda muddati tugagan, demak, endi siz to‘liq ixtiyorli ayolsiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunday holatda siz majbur emassiz. Chunki:

  • sizga taloq tushgan,

  • idda muddati tugagan,

  • demak, endi siz to‘liq ixtiyorli ayolsiz.

Idda tugagach:

  • eringiz sizni majburan qaytarib ololmaydi,

  • qaror faqat sizning ixtiyoringizda bo‘ladi.

Siz:

  • xohlasangiz, eringiz bilan yangi nikoh va yangi mahr bilan qayta turmush qurishingiz mumkin;

  • xohlamasangiz, boshqa erkakka turmushga chiqishingiz mumkin;

  • yoki umuman hozircha turmush qurmaslikni ham tanlashingiz mumkin.

Majburiyat qachon bo‘lardi?
Agar eringiz idda tugamasidan oldin sizni qaytarib olganida, o‘sha paytda siz qaytishga majbur bo‘lardingiz. Ammo idda tugagach, bu majburiyat butunlay bekor bo‘ladi.

Nasihatga kelsak:
Siz bu inson bilan birga yashagansiz, uning xulqi, muomalasi, yaxshi-yomon tomonlarini hammadan ko‘ra siz yaxshiroq bilasiz. Bu — sizning hayotingiz.

Shuning uchun:

  • foyda va zararlarni taroziga soling,

  • qalbingiz qaysi tomonga og‘sa, o‘sha yo‘lni tanlang.

Bu qaror — mutlaqo sizning ixtiyoringizda.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

3

  • Qaynona, qaynota va erning yaqinlarining kelin ustida haqqi bormi?

    January 11, 2026
  • Sochning yon tomonlarini qirib, tepasini qoldirish hukmi.

    January 10, 2026
  • Vino uchun yetishtiriladigan uzumzorda ishlash joizmi?

    January 10, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026
  • Ayol o‘zidan yoshi kichik xolavachchalari oldida hijobsiz yurishi.

    January 7, 2026
  • Qabrni ko‘chirish hukmi.

    January 7, 2026