Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayoliga “Javobingni berdim” deb, keyin ajralish niyatim yo‘q deydigan er haqida savol.

Ayoliga “Javobingni berdim” deb, keyin ajralish niyatim yo‘q deydigan er haqida savol.

Nashr sanasi: January 2, 2026

Savol :

Bir oilada ba’zan tushunmovchilik bo‘lib qolsa, er xotiniga:
“Ko‘rpangni ko‘tar, men senga javobingni berganman, bundan buyon sen menga begonasan”,
deyarkan. Atrofdagilarga ham: “Men buning javobini berganman”, deb gapirarkan.

Shuningdek, ayolini turli yomon ishlarda gumon qilib, haqorat qilarkan. Oradan biroz vaqt o‘tgach esa: “Mening ajralish niyatim bo‘lmagan”, deb yana birga yashayverarkan.

Ustoz, bunday gaplar nikohga ta’sir qilmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bunday gaplar nikohga ta’sir qiladi. Bu juda og‘ir va xavfli iboralar.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bunday gaplar nikohga ta’sir qiladi. Bu juda og‘ir va xavfli iboralar.
“Ko‘rpangni ko‘tar”, “javobingni berdim”, “bundan buyon sen menga begonasan” kabi so‘zlar — ochiq taloq ma’nosini bildiradi.

Bu so‘zlar hazil yoki jahl ustida aytilsa ham, taloq hukmiga kirishi mumkin. Shuning uchun bu masalada o‘ynashib gapirish mutlaqo joiz emas.

Bunday holatlarni aniq o‘rganish kerak:

  • agar bu kabi taloq ma’nosidagi gaplar ochiq-oydin aytilgan bo‘lsa,

  • va uch marta takrorlangan bo‘lsa,

unda uch taloq tushgan hisoblanadi va ayol eriga harom bo‘lib qoladi, nikoh batamom buziladi.

Shuning uchun er-xotin bunday so‘zlarni og‘izlariga ham olmasliklari, jahl ustida ham taloq bilan qo‘rqitmasliklari kerak. Bu masala nihoyatda jiddiy.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ajrashgan ayol ota uyida idda o‘tirsa bo‘ladimi?

    January 14, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026
  • Xatodan qilingan taloq tushmaydimi?

    January 7, 2026
  • Taloq masalasi qoziga ko‘tarilmaguncha er-xotin birga yashayveradi degan gap to‘g‘rimi?

    January 7, 2026
  • Uylanishdan avval ayolga “bolangni qabul qilmayman” deyishga haqqim bormi?

    January 6, 2026
  • Erimdan ko‘nglim sovigan, u esa yarashmoqchi…

    January 4, 2026