Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol gunoh qilsa kasofati eriga, ota gunoh qilsa farzandiga uradimi?

Ayol gunoh qilsa kasofati eriga, ota gunoh qilsa farzandiga uradimi?

Nashr sanasi: January 1, 2026

Savol :

Ustoz, xalq orasida:

“Ayol gunoh qilsa, gunohi eriga uradi; ota gunoh qilsa, gunohi farzandlariga uradi”
— degan gap yuradi. Shu gap haqiqatmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu gapning shariatda hech qanday asosi yo‘q. Islomda bunday tushuncha mavjud emas. Aslida, har bir inson o‘z gunohi uchun o‘zi javobgar bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu gapning shariatda hech qanday asosi yo‘q. Islomda bunday tushuncha mavjud emas. Aslida, har bir inson o‘z gunohi uchun o‘zi javobgar bo‘ladi. Qur’onda aniq aytilgan:

لَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ
“Hech bir jon boshqasining gunohini ko‘tarmaydi.”

Demak, birovning gunohi boshqasiga yuklanmaydi. Ayolning qilgan gunohi eriga o‘tmaydi, ota-onaning qilgan gunohi farzandlariga ham o‘tmaydi.

Ammo shuni aytish kerakki, gunohning oqibatlari bo‘lishi mumkin. Ya’ni inson qilgan yomon ishi sababli hayotida boshqa sinovlar, qiyinchiliklar paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Bu — gunohning o‘z egasiga ta’siri, boshqalarga emas.

Bunga Qur’onda Bani Isroil haqida keltirilgan misollar dalil bo‘ladi. Alloh taolo ularning:

  • payg‘ambarlarni o‘ldirganlari,

  • Iso ibn Maryam (alayhissalom) va Maryam (alayhassalom)ga tuhmat qilganlari,

  • va boshqa katta gunohlari
    sababli ularni ne’matlardan mahrum qilgani va la’natlaganini bayon qiladi.

Bu shuni ko‘rsatadiki, insonning qilgan ishi o‘ziga qaytadi. Ammo “xotinning gunohi eriga uradi” yoki “ota-onaning gunohi farzandga o‘tadi” degan gaplar — shariatga zid.

Bu kabi iboralar, ehtimol, odamlarni gunohdan qaytarish yoki qo‘rqitish maqsadida xalq orasida tarqalgan gaplar bo‘lsa kerak. Ammo ularni diniy haqiqat sifatida qabul qilish to‘g‘ri emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026