Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Eri qarzdor ayol pulini Falastinga ehson qilishi afzalmi, eriga berishimi?

Eri qarzdor ayol pulini Falastinga ehson qilishi afzalmi, eriga berishimi?

Nashr sanasi: January 1, 2026

Savol :

Eri qarzdor bo‘lgan ayol o‘z molidan Falastinga ehson qilgani afzalmi yoki erining qarzini to‘lashga bergani afzalmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Imkon bo‘lsa, ikkalasini ham qilgani yaxshi — holatiga qarab muvozanat saqlab, jamlab qilsa bo‘ladi. Ammo qaysi biri afzal bo‘lishi vaziyatga bog‘liq.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Imkon bo‘lsa, ikkalasini ham qilgani yaxshi — holatiga qarab muvozanat saqlab, jamlab qilsa bo‘ladi. Ammo qaysi biri afzal bo‘lishi vaziyatga bog‘liq.

Agar hozirgi holatda Falastindagi ahvol juda og‘ir bo‘lsa — bolalar och, davolanish imkoni yo‘q, qish kelib sovuq boshlanayotgan bo‘lsa — u yerga yordam berish afzal bo‘lib qolishi mumkin. Buni inson vijdoni va holatni to‘g‘ri baholash orqali anglaydi.

Lekin agar erining qarzi sababli muammo juda keskin bo‘lib turgan bo‘lsa — masalan, qarzdorlar kelib bosim qilayotgan bo‘lsa, tinchlik bermay, katta musibatga sabab bo‘layotgan bo‘lsa — unda avvalo erini o‘sha qarz musibatidan qutqarish afzal bo‘ladi.

Bu xuddi shunga o‘xshaydi:
agar inson kasal bo‘lsa, davolanish afzalmi yoki sadaqa berishmi? Albatta, avval davolanish, keyin imkon topilsa sadaqa qilish to‘g‘ri bo‘ladi.

Xuddi shuningdek, bu masalada ham holatga qarab ish tutish kerak: qaysi tomonda zarurat va musibat kuchliroq bo‘lsa, o‘sha tomonga ustuvorlik beriladi.

Allohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026