Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzand otasiga kredit to‘lash uchun pul bersa bo‘ladimi?

Farzand otasiga kredit to‘lash uchun pul bersa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: January 1, 2026

Savol :

Ustoz, bir tanishim yoshligida otasi bilan ajralib ketgan ekan. Hozir ular voyaga yetib, o‘z oilalariga ega bo‘lishgan. Otasi esa aroq ichadi, sigaret chekadi va kredit ham olgan ekan. Endi o‘sha kreditni to‘lash uchun farzandlaridan pul so‘rayapti. Farzandlaridan biri xorijda yashaydi.

Shu holatda otasining kreditini to‘lash uchun pul berishi joizmi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, joiz bo‘ladi. Chunki bu holatda farzand otasining gunohiga yordam bergan bo‘lmaydi, balki uni bir musibatdan qutqarishga yordam bergan bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, joiz bo‘ladi. Chunki bu holatda farzand otasining gunohiga yordam bergan bo‘lmaydi, balki uni bir musibatdan qutqarishga yordam bergan bo‘ladi. Kredit allaqachon olingan, endi uni to‘lamay qo‘yish qarzning ustiga yana qarz qo‘shilishiga, muammolarning yanada ko‘payishiga olib keladi.

Shuning uchun, agar farzand imkonli bo‘lsa, otasiga yordam berib, uni bu qiyinchilikdan tezroq qutqarishi yaxshi va savobli ish bo‘ladi. Bu bilan otasiga rahm-shafqat ko‘rsatgan bo‘ladi.

Qolaversa, ota qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar — gunohkor bo‘lsa ham — otasining farzand ustidagi haqqi hech qachon yo‘qolmaydi. Hatto ota kofir bo‘lsa yoki noto‘g‘ri yo‘lga chaqirayotgan bo‘lsa ham, farzandga unga yaxshi muomala qilish, hurmat va ehtirom ko‘rsatish buyurilgan.

Agar imkon bo‘lsa, ota-onani qarzdan qutqarish ham ota-onaga yaxshilik qilishning bir ko‘rinishi hisoblanadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026