Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >“Bir oila buzilishiga sabab bo‘lgan mendan emas” mazmunida hadis bormi?

“Bir oila buzilishiga sabab bo‘lgan mendan emas” mazmunida hadis bormi?

Nashr sanasi: July 15, 2025

Savol :

Ustoz, bir oilaning buzilishiga sababchi bo‘lgan kishi “bizdan emas” degan mazmunda hadis bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu haqda sahih hadis bor. Rasululloh ﷺ aytdilar: “Kim bir ayolni eridan ajrashishga undasa, u bizdan emas.” (Ahmad, Abu Dāwud)

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu haqda sahih hadis bor. Rasululloh ﷺ aytganlar:

لَيْسَ مِنَّا مَنْ خَبَّبَ امْرَأَةً عَلَى زَوْجِهَا
 
“Kim bir ayolni eridan ajrashishga undasa (ayniytsa), u bizdan emas.”

Bu — oila orasiga fitna solishning og‘ir gunoh ekanini bildiradi. Er-xotin orasiga kirib, masalan:

“Ering senga munosib emas”, “Undan ajral, boshqasi yaxshi bo‘ladi”, “Men seni baxtli qilaman”,
– kabi so‘zlar bilan oilani buzishga harakat qilgan odam — Rasululloh ﷺning ogohlantirishiga ko‘ra, ummatidan emas, ya’ni bu ish katta gunoh sanaladi.

Alloh bunday ishlarni bizdan va avlodimizdan yiroq qilsin.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Umar raziyallohu anhu o‘g‘rining qo‘lini kesishni vaqtincha to‘xtatib turganmi?

    July 31, 2026
  • Yetim bolalarimning ta’minoti kimning bo‘ynida?

    July 31, 2026
  • Qamchisi sigir dumidek toifa kimlar?

    July 31, 2026
  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026